← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Muqtazab

Muqtazab (ar. مقتضب – kesilish, qisqarish) – aruz bahrlaridan biri, munsarihdan kesib olinganga oʻxshaganligi uchun shunday ataladi. Mafʼulotu (– – – v ) va mustafʼilun (– – v – ) asllarining ketma-ket takroridan hosil boʻladi. M. arab sheʼriyatiga xos bahr boʻlib, oʻzbek sheʼriyatida qoʻllanmagan. Navoiy “Mezon ul-avzon” asarida mazkur bahrning muqtazabi musammani matviy (– v – v / – v v – / – v – v / – v v –) vazniga:

Ey nigori mahvashim, ey harifi jurʼakashim,

Tut qadahki, behad erur ishq tobidin otashim, –

baytini misol sifatida keltirgan. Bobur esa “Muxtasar” asarida M. bahrining jami oʻn besh vazniga toʻxtalgan va maxsus baytlar bitib, misol sifatida keltirgan.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish