← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Musabbaʼ

Musabbaʼ (ar. مسبع – yettilik) – musammat turlaridan biri, yetti misrali bandlardan tarkib topuvchi sheʼr shakli; yetti misrali band. M. sheʼr shaklida dastlabki band misralari oʻzaro qofiyalanadi (a-a-a-a-a-a-a), keyingi bandlarning dastlabki olti misrasi oʻzaro, yettinchi misrasi esa birinchi band bilan qofiyalanadi (b-b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-v-v-a va h.). Sheʼriyatimizda M.ning qofiyalanish tartibiga koʻra birmuncha oʻzgacharoq koʻrinishlari ham uchraydiki, bunda dastlabki band misralari oʻzaro (a-a-a-a-a-a-a) qofiyalansa, keyingi bandlarning besh misrasi oʻzaro, oxirgi ikki misrasi esa birinchi bandga qofiyadosh boʻladi (b-b-b-b-b-a-a, v-v-v-v-v-a-a). M.ning bu xilida baʼzan soʻnggi ikki misra tarjeʼ sifatida takrorlanishi ham kuzatiladi.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish