← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Nazm

Nazm (ar. نظم – tuzuk, tartib, tartibga keltirish, terish, tizish) – badiiy nutq shakllaridan biri, tizma, sheʼriy nutq (q. badiiy nutq). Nisbatan kam hollarda N. keng maʼnoda qoʻllanib, umuman sheʼriyatni bildiradi, bu keng maʼnodagi nasr bilan qarshi qoʻyilgan holda yuzaga chiqadi.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish