← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Paleografiya

Paleografiya (yun. palaios – qadimgi, grapho – yozmoq) – yozuvlar tarixini oʻrganuvchi tarixiy-filologik fan sohasi. P.ning vazifalari doirasiga qadimgi yozma yodgorliklarni tadqiq etish, bitiklarni oʻqish (rasshifrovka), ular yaratilgan joy va vaqtni aniqlash kabilar ham kiradi. P. bu vazifalarni yozuv asosida, qadimgi bitiklarning yozuv xususiyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiradi. P. oʻz faoliyatini tarix, til tarixi, adabiyot tarixi, matnshunoslik kabi sohalar bilan mustahkam aloqada olib boradi. Jumladan, matnshunoslik faoliyatida P. muhim yordamchi soha boʻlib xizmat qiladi.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish