← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Parafraz

Parafraz (A) (yun. paraphrases – qayta hikoya qilish) – adabiy matnni boshqa soʻzlar bilan, baʼzan esa boshqacha yoʻsinda (nasriy asarni sheʼriy, sheʼriy asarni nasriy yoʻlda) qayta bayon qilish. P. turlicha sabablar (matnni muayyan oʻquvchi ommaga moslashtirish zarurati, asarni qabul qilishni osonlashtirish, qisqacha mazmun bilan tanishtirishning yetarli ekani, nashr imkoniyatlari va sh.k.) bilan amalga oshadi. Mas., antik Rimda Ezop masallari Fedr va Babriylar tomonidan sheʼrga solingan; A.Navoiy “Xamsa”siga kirgan dostonlarning nasriy bayoni amalga oshirilgan; oʻquvchilar uchun chiqarilgan xrestomatiyalarda yirik asarlarning boblari tushirib qoldiriladi-da, ularning mazmuni ancha mufassal bayon qilinadi va h. Garchi P. adabiyot tarixida va hozirgi noshirlik amaliyotida uchrab tursa-da, terminning adabiyotshunoslikda qoʻllanishi faol emas.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish