← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Personaj

Personaj (lot. persona – shaxs, teatr maskasi) – badiiy adabiyotdagi inson obrazi, adabiy asardagi voqea ishtirokchisi, his-kechinma va nutq subyekti. P. termini qahramon, ishtirok etuvchi (dramatik asarda), xarakter terminlari bilan bitta sinonimik qatorni tashkil qilib, maʼno jihatidan neytral boʻlgani bois bu qatorda dominanta vazifasini oʻtaydi. Yaʼni P. termini ularning oʻrnida bemalol qoʻllanishi mumkin, biroq hamma P.larga nisbatan ham qahramon, ishtirok etuvchi yoki xarakter terminini ishlatib boʻlmaydi. Zero, ular oʻzining asarda tutgan mavqei, tashiyotgan gʻoyaviy-badiiy yukning salmogʻi, voqealardagi ishtiroki, umumlashtirish darajasi kabi qator jihatlardan farqlanadi, darajalanadi.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish