← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Plagiat

Plagiat (lot. plagio – oʻgʻirlamoq) – adabiy oʻgʻirlik, oʻzga ijodkorning asarini oʻzlashtirib, oʻzining nomidan (yoki taxallus ostida) eʼlon qilish. Shuningdek, birovning asaridan ayrim parchalarni aynan oʻzlashtirib olish ham, mazmunini saqlagan holda shaklini biroz (jumla tuzilishini, uslubini, ayrim soʻzlarni va sh.k.) oʻzgartirib oʻzlashtirish ham P. sanaladi. Afsuski, P. badiiy ijod amaliyotida ham, ilmiy ijod amaliyotida ham uchrab turadi. Bu esa qonun bilan himoyalangan mualliflik huquqini toptash boʻlib, yuridik jihatdan ham, maʼnaviy-axloqiy jihatdan ham nomaqbuldir.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish