← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Poeziya

Poeziya (yun. poieo, poiesis – ijod qilmoq coʻzidan) – 1) hozirda keng qoʻllanuvchi maʼnoda badiiy nutqni tashkil qilishning ikki asosiy tipidan biri, ritmik jihatdan oʻlchov asosida tartibga solingan nutq, nazm. Shu bilan bogʻliq holda, umuman sheʼriy yoʻlda yozilgan asarlarni – sheʼriyatni bildiradi: oʻzbek poeziyasi, 20-yillar poeziyasi va h.; 2) termin qariyb XVIII asrga qadar sanʼat turi, badiiyat hodisasi sifatidagi adabiyot, badiiy adabiyot maʼnosida ishlatilgan va prozaga qarshi qoʻyilgan. Bunda P. turga mansubligidan qatʼi nazar, barcha adabiy-badiiy (yaʼni badiiy obraz vositasida ish koʻrilgan) asarlar jamini, proza esa adabiy asarlar (kundaliklar, xotiralar, sayohatnomalar, tarixiy hikoyalar, falsafiy risolalar va h.) jamini anglatgan.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish