← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Proza

Proza (lot. prosa – toʻgʻri, odatiy) – 1) hozirda keng qoʻllanuvchi maʼnoda badiiy nutqning ikki asosiy tipidan biri, ritmik jihatdan oʻlchovli tartibga solinmagan nutq, nasr. Shu asosda umuman nasrda yozilgan asarlarni – epik turga mansub asarlarni bildiradi: hozirgi oʻzbek prozasi, zamonaviy proza va h.; 2) XVIII asrga qadar poeziya bilan qarshi qoʻyilgan holda sanʼatga mansub boʻlmagan, yaʼni badiiy obraz vositasida fikrlamaydigan adabiy asarlarni bildirgan.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish