← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Qoliplash

Qoliplash – voqeaband asarlarga xos kompozitsion usul, rivoyani “hikoya ichida hikoya” tarzida berish. Yaʼni bunda bitta qoliplovchi hikoya boʻladi va shu hikoya ichida bir necha (oʻnlab, yuzlab) hikoyalar beriladi. Q. usuli juda qadim zamonlardan boshlab qoʻllangan. Jumladan, hindlarning “Panchatatra”si shu usulda qurilgan eng koʻhna asarlardan sanaladi. Sharqda mashhur “Ming bir kecha” ertaklari ham shu usulda qurilgan boʻlib, uni Q. usulining betakror namunasi deyish mumkin. Keyincha yozma adabiyotda ham Q. usuli keng ommalashdi (J.Bokkachcho. “Dekameron”; A.Navoiy “Lison ut-tayr”; Gulxaniy. “Zarbulmasal” va b.).

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish