Qoʻshma vazn – barmoq sheʼr tizimidagi vazn koʻrinishlaridan biri, misralarida boʻgʻinlar soni bir xil boʻlmagan, biroq misralar muayyan tartibda qoʻshilganda, izosillabizm (boʻgʻinlar sonining tengligi) tiklanadigan oʻlchov. Mas., U.Azimning quyidagi sheʼri Q.v.da yozilgan:
Qoqiladi / xorgʻin otlar, 8 (4 + 4)
gʻijirlaydi / arava. 7 (4 + 3)
Gʻildiraklar / izi yoʻlda 8 (4 + 4)
toʻzgʻiyotgan / kalava. 7 (4 + 3)
Ushbu sheʼr vaznining Q.v. deyilishiga sabab shuki, agar uning ikkita misrasini birlashtirsak, goʻyo misralardagi boʻgʻinlar sonining tengligi tiklanadi:
Qoqiladi / xorgʻin otlar, / gʻijirlaydi / arava. 15 (4+4+4+3)
Gʻildiraklar / izi yoʻlda / toʻzgʻiyotgan / kalava. 15 (4+4+4+3)
Қўшма вазн – бармоқ шеър тизимидаги вазн кўринишларидан бири, мисраларида бўғинлар сони бир хил бўлмаган, бироқ мисралар муайян тартибда қўшилганда, изосиллабизм (бўғинлар сонининг тенглиги) тикланадиган ўлчов. Мас., У.Азимнинг қуйидаги шеъри Қ.в.да ёзилган:
Қоқилади / хорғин отлар, 8 (4 + 4)
ғижирлайди / арава. 7 (4 + 3)
Ғилдираклар / изи йўлда 8 (4 + 4)
тўзғиётган / калава. 7 (4 + 3)
Ушбу шеър вазнининг Қ.в. дейилишига сабаб шуки, агар унинг иккита мисрасини бирлаштирсак, гўё мисралардаги бўғинлар сонининг тенглиги тикланади:
Қоқилади / хорғин отлар, / ғижирлайди / арава. 15 (4+4+4+3)
Ғилдираклар / изи йўлда / тўзғиётган / калава. 15 (4+4+4+3)
Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.