← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Radd

Radd (ar. رد – qaytarmoq) – mumtoz adabiyotdagi sheʼriy sanʼat, bir soʻzni baytning turli oʻrinlarida takrorlash. Soʻz baytning qaysi oʻrinlarida takrorlanayotganiga qarab, R.ning bir necha turlari farqlanadi va ularning har biri takrorlanish oʻrnini ifoda etuvchi alohida nomga ega. Mas.: raddul ʼajz ʼala sadr (q.) kabi. Bundan tashqari, sheʼrda qofiya, matlaʼ kabi unsurlarning turli koʻrinishlarda takrorlanib kelishi ham mana shu istiloh bilan yuritiladi: radd ul-qofiya (q.), radd ul-matlaʼ (q.) kabi.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish