← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Radd ul-qofiya

Radd ul-qofiya (ar. ردالقافيه – qofiyaning qaytishi, takror kelishi) – mumtoz adabiyotdagi sheʼriy sanʼat, gʻazal yoki qasidaning birinchi bayti misralaridagi qofiya hosil qilayotgan soʻzlardan biri yoki har ikkisining keyingi baytlarda, baʼzan esa maqtaʼda aynan takrorlanishi. Mas., Lutfiyning:

Qon boʻldi koʻngul firoqingizdin,

Jon kuydi ham ishtiyoqingizdin, –

matlaʼsi bilan boshlanuvchi gʻazali birinchi misrasidagi qofiya maqtaʼda yana takrorlanib kelgan:

Bu Lutfiyi hastani soʻrungkim,

Bechora oʻlar firoqingizdin.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish