← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Raddul ʼajz ʼala sadr

Raddul ʼajz ʼala sadr (ar. ردالعجزعلي الاصدر – ajzdan sadrga borish) – mumtoz adabiyotdagi sheʼriy sanʼat, bayt oxiri (ajz yoki aruz)da kelgan soʻzni keyingi bayt boshi (sadr)da takrorlash. Ushbu sanʼat ilmi badiʼga oid manbalarda mutobiq, muqaddar istilohlari bilan ham yuritiladi. Mas.:

Kecha-kunduz qilma gulbongingni bas, ey andalib,

Kim sanga besh kun bu gulshan ichra mehmon boʻldi gul.

Gul chogʻi yori safar aylab, Navoiy jonigʻa

Har biri bir toza qonligʻ dogʻi hijron boʻldi gul.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish