← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Raviy

Raviy (ar. روي – yukni tuyaga bogʻlaydigan arqon) – qofiyalanib kelayotgan soʻz oʻzagi yoki negizi oxirida aynan takrorlanib keluvchi choʻziq unli yoki undosh. Mumtoz poetikada qofiyalanayotgan soʻzlarda R.ning aynan takrorlanishi shart hisoblangan. Navoiy “Majolis un-nafois”da Atoyining mashhur:

Ul sanamkim suv yaqosinda paritek oʻlturur,

Gʻoyati nozukligidin suv bila yutsa boʻlur, –

bayti haqida “qofiyasinda aybgʻinasi bor”, deganida, aynan R.ning yoʻqligini nazarda tutgan (boʻlur – oʻlturur). Yaʼni birinchi misradagi “oʻlturur” soʻzining oʻzagi “r” bilan, “boʻlur” soʻzining oʻzagi esa “l” bilan tugamoqda.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish