← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Sillabo-tonik sheʼr tizimi

Sillabo-tonik sheʼr tizimi (yun. syllabe – boʻgʻin, tonos – urgʻu) – sheʼr misralarida urgʻuli va urgʻusiz boʻgʻinlarning bir tartibda guruhlanib takrorlanishiga asoslangan sheʼr tizimi, XX asrga qadar ushbu sheʼr tizimi “sillabo-metrik” deb nomlangan. Rus sheʼriyatida V.Trediakovskiy va M.Lomonosovlar oʻtkazgan islohotdan soʻng mazkur sheʼr tizimi yetakchilik qila boshlagan. Rus sillabo-tonik sheʼr tizimida beshta stopa (rukn) boʻlib, ular: xorey, yamb, daktil, anapest va amfibraxiy tarzida antik sheʼr tizimidan oʻzlashtirilgan terminlar bilan yuritiladi. Shu stopalarning tartibli takrori ritmni hosil qiladi, konkret sheʼr oʻlchovi esa uch stopali yamb, toʻrt stopali yamb qabilida nomlanadi.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish