← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Sonetlar gulchambari

Sonetlar gulchambari – sonetlar guldastasi; oʻn toʻrtta sonetdan tarkib topgan turkum boʻlib, har bir sonet oʻzidan avvalgi sonetning oxirgi misrasi bilan boshlanadi, oʻn toʻrtta sonetning birinchi misralaridan esa oʻn beshinchi sonet – magistral tarkib topadi. Magistral turkumning gʻoyaviy-kompozitsion asosi boʻlib, odatda, u boshqalaridan avval yoziladi. Bu jihatdan qaralsa, magistralning har bir misrasi tartib boʻyicha qolgan oʻn toʻrt sonetning birinchi misrasi boʻlib keladi. Oʻzbek sheʼriyatida S.g. shoir B.Boyqobilov ijodida kuzatiladi.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish