← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Soqiynoma

Soqiynoma (ar. ساقي – suv ulashuvchi, ruhiy ozuqa beruvchi, نامه – xat) – mumtoz adabiyotdagi oʻziga xos kompozitsion qurilishga ega yirik hajmli lirik janr. S. bir necha banddan tashkil topib, uning har bir bandi masnaviy shaklidagi bir necha baytdan (a-a, b-b, v-v va h.) tarkiblanadi. Manbalarda S.ning qatʼiy shakliy belgilari sifatida mutaqorib bahrida yozilishi va har bir bandining soqiyga murojaat bilan boshlanishi koʻrsatiladi. Mas., Navoiyning “Favoyid ul-kibar” devoniga kiritilgan S. jami 32 banddan iborat boʻlib, uning birinchi bandi quyidagi bayt bilan boshlanadi:

Soqiyo, tut qadahi shohona,

Qatrasi laʼl vale yakdona.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish