Strofika (yun. strophe – burilish; band) – sheʼrshunoslikning band tuzilishi haqidagi boʻlimi, sheʼriy misralarning bandga birikish tamoyillari (hajm, jumla qurilishi, ritmik kompozitsiya) va qonuniyatlarini, shuningdek, qatʼiy band tuzilishiga (strofik) ega va ega boʻlmagan (astrofik) sheʼr shakllari, shakliy belgilariga koʻra tasniflanuvchi qatʼiy sheʼriy shakllarni oʻrganadi.
Строфика (юн. strophe – бурилиш; банд) – шеършуносликнинг банд тузилиши ҳақидаги бўлими, шеърий мисраларнинг бандга бирикиш тамойиллари (ҳажм, жумла қурилиши, ритмик композиция) ва қонуниятларини, шунингдек, қатъий банд тузилишига (строфик) эга ва эга бўлмаган (астрофик) шеър шакллари, шаклий белгиларига кўра таснифланувчи қатъий шеърий шаклларни ўрганади.
Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.