← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Taʼdil

Taʼdil (ar. تعديل– toʻgʻrilamoq) – mumtoz adabiyotdagi sheʼriy sanʼat, bir bayt tarkibida bir necha sodda otlarning maʼlum tartibda sanalishi. Mas., Mashrabning:

Malaksan yo bashar, yo huru gʻilmonsan, bilib boʻlmas,

Bu lutfu bu nazokat birla sendin ayrilib boʻlmas, –

bayti T.ga yaxshi misol boʻla oladi.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish