← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Takror

Takror – matniy, kompozitsion yoki tematik birliklarning maʼlum badiiy-estetik maqsadlarni koʻzlagan holda takrorlanishi, badiiy matn (va asar kompozitsion qurilishi)ga xos shunday usullarning umumiy nomi. T. badiiy asarning turli sathlarida kuzatiladi. Jumladan: a) badiiy nutqda: fonetik (alliteratsiya, assonans, fonetik anafora, ishtiqoq), leksik (soʻz T.i, klimaks, anafora, epifora, anadiplosis va b.), semantik (gradatsiya, maʼno T.i) sintaktik (sintaktik parallelizm, xiazm); b) ritmik birliklarning oʻlchov asosida tartibli takrorlanishi: turoq (rukn), misra (yoki bahr), band; v) sheʼr kompozitsiyasi darajasida: misra T.i (refren, tarje), band T.i (naqorat); g) obrazli-tematik T.lar (tematik parallelizm, motiv).

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish