← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Tamanniʼ

Tamanniʼ (ar. تمنيع – orzu qilish) – insho yoʻllaridan biri, fikrni ifodalash usuli, lirik qahramon oʻy-kechinmalari, his-tuygʻularining orzu-istak izhori tarzida ifodalanishi. T.da zohiran lirik qahramon orzusigina ifodalansa ham, botinda boshqa maqsad (maʼshuqa vasfi, oʻz holining bayoni va b.) koʻzda tutiladi. Mas., Ogahiyning:

Mening maqsudim uldurkim, sening boshingdin aylansam,

Oyoqinggʻa boʻlub sadqa, koʻzu qoshingdin aylansam, –

baytida lirik qahramonning “boshingdan, koʻzu qoshingdan aylansam, oyogʻingga sadqa boʻlsam” tarzidagi orzusi, bir tomondan, maʼshuqaning har jihatdan yetuk va goʻzal ekanligi eʼtirofi boʻlsa, ikkinchi tomondan, oshiqning cheksiz muhabbati izhoridir.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish