← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Tanosib

Tanosib (ar. تناسب – daxldorlik, aloqadorlik) – mumtoz adabiyotdagi sheʼriy sanʼat, fikrni bir-biriga aloqador, maʼno jihatidan yaqin va oʻzaro mutanosib tushunchalarni bildiruvchi soʻzlar orqali ifodalash. Mas., Navoiyning:

Shah yonin farzin kibi kajlar maqom etsa ne tong,

Rostravlar arsadin gar tutsalar ruhdek qiroq, –

baytida shah, farzin, arsa(shaxmat taxtasi), ruh soʻzlari bir-biriga uzviy aloqador va mutanosib soʻzlar boʻlib, shoir ular vositasida oʻziga xos obrazli lavha yaratgan.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish