← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Tanqid

Tanqid (ar. تنقيد – saylash, saralash; muhokama qilmoq) – badiiy tanqid; keng maʼnoda hozirgi badiiy jarayon muammolarini oʻrganish, yangi paydo boʻlgan sanʼat asarlarini muhokama qilish, ularning mazmun-mohiyati, yutuq va kamchiliklarini ochib berish, badiiy tafakkur taraqqiyotining joriy holati va ijtimoiy did nuqtai nazaridan baholash bilan shugʻullanuvchi soha. Sanʼat turlarining qaysi biri bilan shugʻullanishiga qarab, T. sohalari ajratiladi: kino T.i, teatr T., musiqa T.i va h. Badiiy adabiyot bilan shugʻullanuvchi T. adabiy tanqid deb yuritiladi.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish