← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Tarjiʼ

Tarjiʼ (ar. ترجيع– takrorlamoq, aylantirmoq) – mumtoz sheʼriyatdagi sanʼat, sheʼrning har bir bandi oxirida misra yoki baytni takrorlash; takrorlanib kelayotgan misra yoki bayt ham tarjiʼ deyiladi (q. refren). A.Husayniy Ajam shoirlari T.ni shunday tushunganini, arab shoirlari esa T.ni takrir turlaridan biri, bayt tarkibida bir maʼnoni qayta-qayta takrorlashga asoslangan sanʼat deb hisoblashlarini aytadi. Sheʼriyatimizda T. sanʼati qoʻllangan sheʼrlar koʻplab uchraydi. Mas., Furqatning “Sayding qoʻya ber, sayyod” musaddasining hamma bandlaridan soʻng quyidagi bayt T. sifatida takrorlanadi:

Hijron oʻqidin jismi koʻp yora ekan mendek,

Kuygan jigari bagʻri sadpora ekan mendek.

Mashrab, Fuzuliy, Muqimiy kabi shoirlarning musammatlarida T. sanʼatidan mohirona foydalanilgan. Shuningdek, mumtoz sheʼriyatda T. asosida farqlanuvchi tarjiband (q.) janri ham mavjud.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish