← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Tasbeʼ

Tasbeʼ (ar. تصبيع – barmoq bilan koʻrsatish) – mumtoz adabiyotdagi sheʼriy sanʼat, baytning birinchi misrasi qaysi soʻz bilan tugasa, keyingi misrani shu soʻz bilan boshlash, takror turlaridan biri. Birinchi misra oxirida va ikkinchi misra boshida takrorlanayotgan soʻz shoir fikrini taʼkidlash, maʼnoni kuchaytirish vazifalarini oʻtaydi. Mas., Navoiyning:

Yoʻq demakim, ul quyosh yodida faryod aylamon,

Aylamon faryodkim, gardunni barbod aylamon, –

baytida takrorlanayotgan “aylamon” soʻzi T.ni yuzaga keltirmoqda.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish