← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Tashbehi kinoyat

Tashbehi kinoyat (ar. تشبيه كناية – koʻchimli oʻxshatish) – tashbeh turlaridan biri, toʻrt unsurdan faqat mushabbihun bih ishtirok etuvchi tashbeh. Yaʼni T.k.da mushabbih, vositai tashbih va vajhi shabih tushirib qoldiriladi, mushabbihun bih esa mushabbih maʼnosida, yaʼni koʻchma maʼnoda ishlatiladi. Mohiyatan, T.k. istioradan farqlanmaydi. Mas., Navoiyning:

Otashin laʼlidurkim, anda muzmar boʻldi jon,

Otashin gulbargidan xilʼatki jononimdadur, –

baytida “laʼl” soʻzi koʻchma maʼnoda qoʻllanib, “lab” maʼnosini bildiradi.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish