← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Tashbehi moʻʼkad

Tashbehi moʻʼkad (ar. موكد تشبيه – taʼkidli oʻxshatish) – tashbeh turlaridan biri. T.m. tuzilishiga koʻra tashbehi muyaqqadga yaqin: unda ham faqat mushabbih va mushabbihun bih ishtirok etadi, faqat farqi shuki, bunda mushabbih ega, mushabbihun bih esa ot kesim vazifasida boʻladi. Yaʼni kesim vazifasidagi mushabbihun bih mushabbih haqidagi hukmni taʼkidlaydi. T.m. tarkibidagi mushabbih ham, mushabbihun bih ham birgina soʻz yoki soʻz birikmasi bilan ifodalanishi mumkin. Mas., Navoiyning:

Chugʻz boʻlmish ganji vasling shavqidin koʻnglum qushi,

Zahmi koʻp koʻnglum uyi ul chugʻzning vayronidur, –

baytida “koʻnglum uyi” – mushabbih ega boʻlsa, “chugʻz vayronasi” – mushabbihun bih kesim vazifasidadir.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish