← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Tashbehi tafzil

Tashbehi tafzil (ar. تشبيه تفضيل – chekinish yoʻli bilan oʻxshatish) – mumtoz adabiyotdagi sheʼriy sanʼat, tashbeh turlaridan biri. Shoir bir narsani ikkinchi bir narsaga oʻxshatib, soʻng bu fikridan qaytadi-da, oʻxshatilmish (mushabbih)ni oʻxshayotgan narsa (mushabbihun bih)dan ustun qoʻyadi. Yaʼni “yuzingni quyoshga oʻxshatay desam, quyoshning zavoli bor, yuzing esa bezavoldir” kabi. Mas., Boburning:

Takalluf har necha suratda boʻlsa andin ortuqsen,

Seni jon derlar, ammo betakalluf jondin ortuqsen, –

baytida avval yorning oʻzgalar tomonidan jonga oʻxshatilishi eʼtirof etilib, soʻng yorning jondan-da ortiqligi taʼkidlanadi.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish