← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Tashbehi muyaqqad

Tashbehi muyaqqad (ar. معقد تشبيه – noaniq oʻxshatish) – tashbeh turlaridan biri, tarkibida faqat mushabbih va mushabbihun bih ishtirok etgan tashbeh. Mas., Boburning:

Xazon yaprogʻi yangligʻ gul yuzing hajrida sargʻardim,

Koʻrib rahm aylagil ey lolaruh bu chehrai zardim, –

baytidagi “gul yuzing” tashbehida toʻrt unsurdan ikkitasi (“gul” – mushabbihun bih, “yuz” – mushabbih) bor, lekin unda vositai tashbih bilan vajhi shabih tushirib qoldirilgan: oʻxshatish grammatik vositalarsiz amalgan oshirilgan, oʻxshatish asosi koʻrsatilgan emas.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish