← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Terset

Terset (ital. terzetto – uchinchi) – uch misrali band shakli boʻlib, uning uchta koʻrinishi bor: 1) bandning uchala misrasi ham oʻzaro qofiyalanadi; 2) bandning 1- va 2-misralari oʻzaro qofiyalanib, uchinchisi ochiq qoladi; 3) banddagi ikki misra qofiyalanadi, uchinchi misra tersinadagi (q.) kabi keyingi banddagi misralardan biri bilan qofiyalanadi. Tor maʼnoda T. termini sonet tarkibidagi uch misrali bandlarni bildiradi.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish