← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Vasl

Vasl (ar. وصل – ulanish, qoʻshilish) – 1) aruzda yozilgan sheʼrlarda ayrim yopiq hijolar oxiridagi undoshni vazn talabi bilan oʻzidan keyingi unli bilan boshlangan soʻzning birinchi hijosiga qoʻshib oʻqish hodisasi. Mas., Mashrabning:

Sajda aylar zohid ul mehrobigʻa,

Man qilurman sajda egma qoshima, –

baytidagi “zohid ul” (– – – ) birikmasi V. qoidasiga koʻra “zo-hi-dul” (– v – ) tarzida oʻqilishi lozim, aks holda sheʼr vazni buziladi. Chunki bayt ramali musaddasi maqsur (foilotun, foilotun, foilun) vaznida boʻlib, agar V. qoidasiga rioya qilinmasa, birinchi misra xashvidagi ikkinchi hijo qisqa boʻlmay qoladi, natijada vaznda buzilish yuzaga keladi; 2) mutlaq qofiya (q.) unsuri.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish