← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Vatad

Vatad (ar. وطد – qoziqcha) – sokin va mutaharrik harflarning muayyan tartibda birikishidan hosil boʻluvchi ritmik birlik, juzv (q.). Harflarning qay tartibda birikishidan kelib chiqib V.ning ikki turi farqlanadi: V.i majmuʼ (yoki maqrun) va V.i mafruq. Avval kelgan ikki mutaharrikka bir sokin harfning qoʻshilishidan V.i majmuʼ hosil boʻladi: “samar”, “bashar”, “qamar” kabi soʻzlar shu vaznga mosdir. Mas., “qamar”: mutaharrik (qa) + mutaharrik (ma) + sokin (r). V.i mafruqda esa ikki mutaharrik orasida bir sokin harf joylashadi: “nola”, “lola”, “zora” kabi soʻzlar shu vaznga mosdir. Mas., “nola”: mutaharrik (no) + sokin (l) + mutaharrik (a).

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish