← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Vodevil

Vodevil (fr. Normandiyadagi Vau de Vire degan joy nomidan) – dramatik janr, koʻproq maishiy mavzudagi, qiziqarli intriga asosiga qurilgan, oʻynoqi qoʻshiq-kupletlar va shoʻx raqslarni oʻz ichiga olgan pyesa. Avvaliga, XVIII asrning 1-yarmida yarmarka sayillarida ijro etilgan komediyalar tarkibidagi qoʻshiq-kupletlar V. deb atalgan. XVIII asr oxirlariga kelib V. mustaqil janr sifatida shakllangan, koʻngilochar dramaturgik janr sifatida butun Yevropaga tarqalgan. XIX asrning 2-yarmiga kelib V. faol isteʼmoldan chiqqan, unga xos xususiyatlar boshqa dramatik janrlarga, xususan, operettaga singib ketgan.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish