← Adabiyotshunoslik lugʻati
|

Xokku

Xokku, xayku (yaponcha “ilk misralar”) – yapon sheʼriyatidagi anʼanaviy qatʼiy sheʼriy shakl, lirik janr. X. uch misradan tashkil topib, birinchi va uchinchi misrasi besh boʻgʻinlik, ikkinchi misrasi esa yetti boʻgʻinlik oʻlchovda boʻladi va bu jihatdan u tankaning (q.) dastlabki uch misrasi bilan bir xil boʻlib, sheʼrning asosiy fikri aks etgan “ilk misralar” X. nomli qatʼiy sheʼr shakli sifatida qaror topgan. Janrning asoschisi sifatida XVII asr yapon shoiri M.Basyo eʼtirof etiladi, u janrning goʻzal namunalarini yaratish bilan birga, unga qoʻyiluvchi shakliy va mazmuniy talablar, estetik prinsiplarni ishlab chiqqan.

Manba: Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov, Mashhura Sheraliyeva. Adabiyotshunoslik lugʻati / f.f.d. D. Quronovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

Lugʻatni PDF shaklida oʻqish