Hojiakbar Shayxov asarlarini oʻqir ekanman, bir savol menga sira tinchlik bermaydi: Mustaqillikdan keyin bolalar adabiyotida oʻziga xos “epidemiya”ga aylangan “Sariq devni minib” asari oʻrnida Shayxovning ilmiy-fantastik asarlari boʻlganda, hozirgi yoshlarning dunyoqarashi, ilmiy salohiyati, davlatimizning yalpi ichki mahsulotining hajmi qay darajada boʻlardi?!
Albatta, bu savollarga aniq javob berish mushkul. Biroq fantastikaning davlat iqtisodiyoti rivojida kattagina hissasi borligiga shubha yoʻq!
Yuqorida “Sariq devni minib” asarini epidemiyaga qiyoslash bilan uni, aslo, kamsitmoqchi emasman. Bu asar soʻzsiz adabiyotimizda bolalar uchun yozilgan eng yaxshi asarlardan. Muammo shuki, oxirgi oʻn yilliklarda bolalarga undan boshqa asarni tavsiya qilmay qoʻydik. Kitob rastalarida ham, turli tadbir va tanlovlarda ham asosan “Sariq devni minib” asariga eʼtibor qaratildi, filmlari ishlandi. Istalgan bolaning qoʻlidan tutib kimni oʻqigansan deb soʻrang, “Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Sariq devni minib” asarini” deb javob beradi. Garchi oʻqimagan boʻlsa ham shu asarni yaxshi taniydi-da… Oʻylayman, nega shunday boʻldi?
Menimcha, bariga kommunistik mafkura va uning gʻoyaviy “targʻibotchisi” sotsialistik realizm metodi sababchi. Kommunizm fantastikani xushlamagan. Unga kommunizmning shonli istiqbolidan chalgʻituvchi, oʻquvchini xayolparast qilib qoʻyuvchi janr sifatida qaralgan. Shu sababli oʻz vaqtida Hojiakbar Shayxov, Tohir Malik, Mahkam Mahmudovning asarlari shoʻro adabiyotshunosligi tomonidan qattiq tanqid qilingan, asarlarning keng targʻib qilinishiga imkon berilmagan. Shunday qilib, fantastik kitoblar odamlarda ijtimoiy, badiiy ahamiyati past asarlar sifatida taassurot qoldirgan. Afsuski, mazkur hol mustaqillikdan keyin ham davom etdi. Shoʻrolar davrida suyagi qotgan aksar adabiyotshunoslar, ziyolilar fantastikani pisand qilmadilar. Bunga shaxsan oʻzim koʻp bor duch keldim. Nima emish, fantastika badiiy asar emasmish, u oʻquvchiga estetik zavq bermasmish…
Oʻrni kelganda eslab oʻtish zarur, oʻtgan asrning 70 – 80-yillarida Xitoy kommunistik partiyasi ham fantastika bolalarning dunyoqarashiga salbiy taʼsir qiladi, ularni real hayotdan uzoqlashtiradi degan vaj-korson bilan bu janrdagi asarlarni muayyan darajada cheklashga uringan. Ammo yillar oʻtib bu tadbir bolalardagi ilm-fanga boʻlgan ishtiyoqning soʻnishiga, ulardagi ixtirochilik qobiliyatlarini rivojlanmay qolishiga sabab boʻlayotgani maʼlum boʻladi. Shundan soʻng Xitoy hukumati fantastik asarlar yozish, bu yoʻnalishda ijod qiluvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yirik dasturlar ishlab chiqadi. Bu ijobiy taʼsir qilib, Xitoyning bugungi taraqqiyotiga muayyan darajada hissa qoʻshadi. Hozirda bestsellerga aylangan fantastik asarlarning koʻpi xitoylik yozuvchilar qalamiga mansub.
Oʻzbek ilmiy-fantastikasiga 70-yillarning boshlarida Hojiakbar Shayxov asos solgan deb aytish mumkin. Toʻgʻri, ungacha ham fantastik asarlar boʻlgan. Biroq ular ilm-fan yutuqlari va ilmiy gipotezalar asosiga quriladigan – ilmiy-fantastika janri emas edi. Yaʼni fantastika janrini ham oʻz ichida fentezi va ilmiy-fantastika kabi janrlarga boʻlinib ketadi.
– ertaknamo janr. Bunda yozuvchi rivoyatlar, miflar, ertak va afsonalardan bizga maʼlum boʻlgan qahramonlar, motivlar vositasida yangi bir asar yaratadi. Bunday asarlarda ertaklarga xos gʻayritabiiy, sehrli voqealar nomaʼlum zamon va makonda tasvirlanadi. Harry Potter asari fentezining eng yorqin namunalaridan biri hisoblanadi.
ham reallikka toʻgʻri kelmaydigan voqealar tasvirlanadi. Biroq, tasvirlanayotgan voqelik fizika va boshqa aniq-tabiiy fanlarning fundamental qonuniyatlari chegarasidan chiqib ketmaydi. Yaʼni yozuvchi oʻzi qalamga olayotgan gʻayritabiiy hodisa uchun ilmiy asos qidiradi. Turli tadqiqotlar, gipotezalar, ilmiy farazlarga tayanadi. Ertaklardagi kabi shunchaki sehrgarlikni qoʻllash yoʻlidan bormaydi. H.Shaxovning XX asarning 70-yillarida yozgan “Alanga”, “Rane jumbogʻi”, “Reya toshlari”, “Qora tuynuk siri”, “Olmos jilosi” kabi asarlari esa aynan ilmiy-fantastika edi. Adib fizika, astrofizika, matematika, kimyo va biologiyaning haqiqiy bilimdoni boʻlgan. Asarlarida ilm-fanga oid turli qarash va gipotezalarni shu qadar mahorat bilan syujetga singdirib yuboradiki, oʻquvchi soʻzsiz unga inonadi. Oʻtkir va favqulodda original syujet sizga bir olam hayrat ulashadi.
Shayxov asarlari nafaqat yutimizga, balki butun sobiq sovet davlatlariga tarqaldi. Ammo yuqorida ham aytganimdek bunday asarlarning targʻiboti yaxshi boʻlmadi. Mustaqillik yillari deyarli unutildi. Ayrim kitoblar biror marta ham qayta nashr etilmadi.
Hojiakbar Shayxov soʻzsiz oʻz zamonidan yarim asrga ilgarilab ketgan yozuvchi edi. Oʻtgan asrda millatdoshimiz yozgan fantastik voqealar 21 asr blokbasterlari hisoblanuvchi “Interstellar” (2014), “Tashrif” (“Arrival”, 2016) kabi filmlardagi ayrim voqelarga juda-juda oʻxshab ketadi. Misol uchun mashhur “Tashrif” filmida oʻzga sayyoralik yerliklar bilan turli belgi, shakllar orqali aloqa oʻrnatishga harakat qiladilar.
Bu Shayxovning “Olmos jilosi” qissasidagi voqealarga juda oʻxshab ketadi. Raya sayyorasiga yetib borgan oʻzbek fazogirlari “insoniyat tarixida birinchi boʻlib noorganik strukturaga ega, yani tarkibida oqsil boʻlmagan va sunʼiy yoʻl bilan hosil qilingan tirik mavjudodlar xam koinotda mavjud boʻla olishi mumkinligini” isbotlaydi. Qizigʻi shu mavjudotlar yerliklar bilan maxsus ekran yordamida aloqa oʻrnatadilar: “Ekranni birpasda shu darajada turli-tuman, rang-barang va mavhum shakllar toʻldirdiki, yerliklar dastlab xech narsani tushunmay lol bulib kolishdi. Fazogirlar mazkur abstrakt va ayqash-uyqash chiziqlar, aylanalar, uchburchak, prizma va piramidalar majmuasi orasida allanechuk mantiqiy bir mazmun payqaganday bulishdi”. Oʻzbek fazogirlari bu xabarlar orqali Raya sayyorasi va umuman galaktika tarixiga oid juda ham qimmatli maʼlumotlarni bilib oladi. Asardagi voqelar “Interstellar” filmi syujetiga ham juda-juda oʻxshaydi. Asarni oʻqirkanman, ayrim oʻrinlarda “Nolan, nomard, Shayxovdan koʻchirib olibsan-ku!” deb yuborganman. Shayxovning qahramonlari Qora tuynuk sari uchadilar. Ular tuynukka yaqin kelganda zarra va antizarra uchrashib qolish ehimoli kuchayadi. Asarda bu shunday tasvirlanadi: “gravitatsion maydon kuch chiziqlarining zichligi ortgani sari olam bilan aksolam oʻrtasidagi chegara ham ucha borar va maʼlum masofadan boshlab, ularda istiqomat qiluvchi odamlar bir-birlarini uzuq-yuluq koʻra olish imkoniga ega boʻlar ekanlar”… Yaʼni qahramonlar oʻzining oʻtmishi yoki kelajagi bilan aloqa oʻrnatish imkoniga erishadilar. Yodingizda boʻlsa, “Interstellar” filmida bosh qahramon Kuper Qora tuynuq yaqinida qiziga xuddi ana shunday vaziyatda xabar yoʻllaydi.
Shayxovning qahramoni Olmos Azimov Qora tuynukka qilgan safaridan keyin Yerga qaytadi. Biroq bu orada yerda yuz yillar oʻtib ketgan, Olmos Azimov afsonaga aylanib ulgurgan edi. Uni kutib olgan yerliklar qahramonni Olmos Azim shahriga olib boradilar. Ha, qahramonning nomiga shahar barpo etilgan edi. Esladingizmi, “Interstellar” filmida ham shunday voqea bor edi, qahramon oʻz familiyasi nomi berilgan shaharda kutib olinadi… Aslida H.Shayxov asarlarini oʻqib Gollivudning juda koʻp filmlariga oʻxshash syujetlarini topish mumkin. Men ayrimlarinigina sanab oʻtdim, xolos.
H.Shayxovni asarlarini tushunish uchun biroz tayyorgarlik kerak. Yaʼni maktabda aniq fanlardan aʼloga oʻqiydigan bolalar uni yaxshiroq tushunadi. Umuman olganda, oʻta didaktik, jimjimador badiiy uslubga oʻrganib qolgan oʻquvchi ommasi birdaniga bunday asarlarga koʻnika olmasligi ham mumkin. Aytmoqchimanki, biz avvalo fantastik asarlarni oʻqish va tushunish malakasini shakllantirishimiz, buni keng targʻib qilishimiz zarur.
Fantastikaga qaratilgan eʼtibor kelajakka tikilgan investitsiyadir. Uni oʻqigan avloddan muhandislar, fizik, kimyogar va biologlar yetishib chiqadi. Shu sababli bu yoʻnalishga hukumat darajasida eʼtibor qilinishi, sahoni rivojlantirish uchun davlat loyihalari eʼlon qilinishi kerak deb hisoblayman. Bunda turli yosh toifasi uchun xorijiy fantastik asarlarni tarjima qilish, milliy yosh fantast yozuvchilarni ragʻbatlantirish, maktab dasturlarida albatta fantastik asarlarni majburiy oʻqiladigan asarlar roʻyxatiga kiritish kerak.
Hozirda Yoshlar ishlari agentligi qoshidagi “Mutolaa” loyihasi doirasida fantastika janrini keng targʻib qilishga alohida eʼtibor qaratganmiz. “Mutolaa” ilovasida fantastika uchun alohida boʻlim ochib, milliy hamda jahon fantastik asarlarini elektron hamda audio shaklda chop etmoqdamiz. Jumladan, Hojiakbar Shayxovning oʻtgan asrning 70 yillarida nashr etilib hozirgacha qayta chop etilmagan, eʼtibordan chetda qolib ketgan “Yettinchi operatsiya”, “Gʻaroyib koʻnalka”, “Olmos jilosi”, “Rane jumbogʻi” kabi oʻnlab kitoblarini professional dublaj aktyorlari tomonidan ovozlashtirmoqdamiz. Oʻylaymizki, bu asarlar yurtimizda ilmiy-fantastika janrini rivojlanishi va jahon maydonlariga chiqishi uchun katta qadam boʻladi.
Ҳожиакбар Шайхов асарларини ўқир эканман, бир савол менга сира тинчлик бермайди: Мустақилликдан кейин болалар адабиётида ўзига хос “эпидемия”га айланган “Сариқ девни миниб” асари ўрнида Шайховнинг илмий-фантастик асарлари бўлганда, ҳозирги ёшларнинг дунёқараши, илмий салоҳияти, давлатимизнинг ялпи ички маҳсулотининг ҳажми қай даражада бўларди?!
Албатта, бу саволларга аниқ жавоб бериш мушкул. Бироқ фантастиканинг давлат иқтисодиёти ривожида каттагина ҳиссаси борлигига шубҳа йўқ!
Юқорида “Сариқ девни миниб” асарини эпидемияга қиёслаш билан уни, асло, камситмоқчи эмасман. Бу асар сўзсиз адабиётимизда болалар учун ёзилган энг яхши асарлардан. Муаммо шуки, охирги ўн йилликларда болаларга ундан бошқа асарни тавсия қилмай қўйдик. Китоб расталарида ҳам, турли тадбир ва танловларда ҳам асосан “Сариқ девни миниб” асарига эътибор қаратилди, филмлари ишланди. Исталган боланинг қўлидан тутиб кимни ўқигансан деб сўранг, “Худойберди Тўхтабоевнинг “Сариқ девни миниб” асарини” деб жавоб беради. Гарчи ўқимаган бўлса ҳам шу асарни яхши танийди-да… Ўйлайман, нега шундай бўлди?
Менимча, барига коммунистик мафкура ва унинг ғоявий “тарғиботчиси” социалистик реализм методи сабабчи. Коммунизм фантастикани хушламаган. Унга коммунизмнинг шонли истиқболидан чалғитувчи, ўқувчини хаёлпараст қилиб қўювчи жанр сифатида қаралган. Шу сабабли ўз вақтида Ҳожиакбар Шайхов, Тоҳир Малик, Маҳкам Маҳмудовнинг асарлари шўро адабиёцҳунослиги томонидан қаттиқ танқид қилинган, асарларнинг кенг тарғиб қилинишига имкон берилмаган. Шундай қилиб, фантастик китоблар одамларда ижтимоий, бадиий аҳамияти паст асарлар сифатида таассурот қолдирган. Афсуски, мазкур ҳол мустақилликдан кейин ҳам давом этди. Шўролар даврида суяги қотган аксар адабиёцҳунослар, зиёлилар фантастикани писанд қилмадилар. Бунга шахсан ўзим кўп бор дуч келдим. Нима эмиш, фантастика бадиий асар эмасмиш, у ўқувчига эстетик завқ бермасмиш…
Ўрни келганда эслаб ўтиш зарур, ўтган асрнинг 70 – 80-йилларида Хитой коммунистик партияси ҳам фантастика болаларнинг дунёқарашига салбий таъсир қилади, уларни реал ҳаётдан узоқлаштиради деган важ-корсон билан бу жанрдаги асарларни муайян даражада чеклашга уринган. Аммо йиллар ўтиб бу тадбир болалардаги илм-фанга бўлган иштиёқнинг сўнишига, улардаги ихтирочилик қобилиятларини ривожланмай қолишига сабаб бўлаётгани маълум бўлади. Шундан сўнг Хитой ҳукумати фантастик асарлар ёзиш, бу йўналишда ижод қилувчиларни қўллаб-қувватлаш бўйича йирик дастурлар ишлаб чиқади. Бу ижобий таъсир қилиб, Хитойнинг бугунги тараққиётига муайян даражада ҳисса қўшади. Ҳозирда бесцеллерга айланган фантастик асарларнинг кўпи хитойлик ёзувчилар қаламига мансуб.
Ўзбек илмий-фантастикасига 70-йилларнинг бошларида Ҳожиакбар Шайхов асос солган деб айтиш мумкин. Тўғри, унгача ҳам фантастик асарлар бўлган. Бироқ улар илм-фан ютуқлари ва илмий гипотезалар асосига қуриладиган – илмий-фантастика жанри эмас эди. Яъни фантастика жанрини ҳам ўз ичида фентези ва илмий-фантастика каби жанрларга бўлиниб кетади.
– эртакнамо жанр. Бунда ёзувчи ривоятлар, мифлар, эртак ва афсоналардан бизга маълум бўлган қаҳрамонлар, мотивлар воситасида янги бир асар яратади. Бундай асарларда эртакларга хос ғайритабиий, сеҳрли воқеалар номаълум замон ва маконда тасвирланади. Ҳаррй Поттер асари фентезининг энг ёрқин намуналаридан бири ҳисобланади.
ҳам реалликка тўғри келмайдиган воқеалар тасвирланади. Бироқ, тасвирланаётган воқелик физика ва бошқа аниқ-табиий фанларнинг фундаментал қонуниятлари чегарасидан чиқиб кетмайди. Яъни ёзувчи ўзи қаламга олаётган ғайритабиий ҳодиса учун илмий асос қидиради. Турли тадқиқотлар, гипотезалар, илмий фаразларга таянади. Эртаклардаги каби шунчаки сеҳргарликни қўллаш йўлидан бормайди. Ҳ.Шаховнинг ХХ асарнинг 70-йилларида ёзган “Аланга”, “Ране жумбоғи”, “Рея тошлари”, “Қора туйнук сири”, “Олмос жилоси” каби асарлари эса айнан илмий-фантастика эди. Адиб физика, астрофизика, математика, кимё ва биологиянинг ҳақиқий билимдони бўлган. Асарларида илм-фанга оид турли қараш ва гипотезаларни шу қадар маҳорат билан сюжетга сингдириб юборадики, ўқувчи сўзсиз унга инонади. Ўткир ва фавқулодда оригинал сюжет сизга бир олам ҳайрат улашади.
Шайхов асарлари нафақат ютимизга, балки бутун собиқ совет давлатларига тарқалди. Аммо юқорида ҳам айтганимдек бундай асарларнинг тарғиботи яхши бўлмади. Мустақиллик йиллари деярли унутилди. Айрим китоблар бирор марта ҳам қайта нашр этилмади.
Ҳожиакбар Шайхов сўзсиз ўз замонидан ярим асрга илгарилаб кетган ёзувчи эди. Ўтган асрда миллатдошимиз ёзган фантастик воқеалар 21 аср блокбастерлари ҳисобланувчи “Интерстеллар” (2014), “Ташриф” (“Арривал”, 2016) каби филмлардаги айрим воқеларга жуда-жуда ўхшаб кетади. Мисол учун машҳур “Ташриф” филмида ўзга сайёралик ерликлар билан турли белги, шакллар орқали алоқа ўрнатишга ҳаракат қиладилар.
Бу Шайховнинг “Олмос жилоси” қиссасидаги воқеаларга жуда ўхшаб кетади. Рая сайёрасига етиб борган ўзбек фазогирлари “инсоният тарихида биринчи бўлиб ноорганик структурага эга, яни таркибида оқсил бўлмаган ва сунъий йўл билан ҳосил қилинган тирик мавжудодлар хам коинотда мавжуд бўла олиши мумкинлигини” исботлайди. Қизиғи шу мавжудотлар ерликлар билан махсус экран ёрдамида алоқа ўрнатадилар: “Экранни бирпасда шу даражада турли-туман, ранг-баранг ва мавҳум шакллар тўлдирдики, ерликлар дастлаб хеч нарсани тушунмай лол булиб колишди. Фазогирлар мазкур абстракт ва айқаш-уйқаш чизиқлар, айланалар, учбурчак, призма ва пирамидалар мажмуаси орасида алланечук мантиқий бир мазмун пайқагандай булишди”. Ўзбек фазогирлари бу хабарлар орқали Рая сайёраси ва умуман галактика тарихига оид жуда ҳам қимматли маълумотларни билиб олади. Асардаги воқелар “Интерстеллар” филми сюжетига ҳам жуда-жуда ўхшайди. Асарни ўқирканман, айрим ўринларда “Нолан, номард, Шайховдан кўчириб олибсан-ку!” деб юборганман. Шайховнинг қаҳрамонлари Қора туйнук сари учадилар. Улар туйнукка яқин келганда зарра ва антизарра учрашиб қолиш эҳимоли кучаяди. Асарда бу шундай тасвирланади: “гравитацион майдон куч чизиқларининг зичлиги ортгани сари олам билан аксолам ўртасидаги чегара ҳам уча борар ва маълум масофадан бошлаб, уларда истиқомат қилувчи одамлар бир-бирларини узуқ-юлуқ кўра олиш имконига эга бўлар эканлар”… Яъни қаҳрамонлар ўзининг ўтмиши ёки келажаги билан алоқа ўрнатиш имконига эришадилар. Ёдингизда бўлса, “Интерстеллар” филмида бош қаҳрамон Купер Қора туйнуқ яқинида қизига худди ана шундай вазиятда хабар йўллайди.
Шайховнинг қаҳрамони Олмос Азимов Қора туйнукка қилган сафаридан кейин Ерга қайтади. Бироқ бу орада ерда юз йиллар ўтиб кетган, Олмос Азимов афсонага айланиб улгурган эди. Уни кутиб олган ерликлар қаҳрамонни Олмос Азим шаҳрига олиб борадилар. Ҳа, қаҳрамоннинг номига шаҳар барпо этилган эди. Эсладингизми, “Интерстеллар” филмида ҳам шундай воқеа бор эди, қаҳрамон ўз фамилияси номи берилган шаҳарда кутиб олинади… Аслида Ҳ.Шайхов асарларини ўқиб Голливуднинг жуда кўп филмларига ўхшаш сюжетларини топиш мумкин. Мен айримларинигина санаб ўтдим, холос.
Ҳ.Шайховни асарларини тушуниш учун бироз тайёргарлик керак. Яъни мактабда аниқ фанлардан аълога ўқийдиган болалар уни яхшироқ тушунади. Умуман олганда, ўта дидактик, жимжимадор бадиий услубга ўрганиб қолган ўқувчи оммаси бирданига бундай асарларга кўника олмаслиги ҳам мумкин. Айтмоқчиманки, биз аввало фантастик асарларни ўқиш ва тушуниш малакасини шакллантиришимиз, буни кенг тарғиб қилишимиз зарур.
Фантастикага қаратилган эътибор келажакка тикилган инвестициядир. Уни ўқиган авлоддан муҳандислар, физик, кимёгар ва биологлар етишиб чиқади. Шу сабабли бу йўналишга ҳукумат даражасида эътибор қилиниши, саҳони ривожлантириш учун давлат лойиҳалари эълон қилиниши керак деб ҳисоблайман. Бунда турли ёш тоифаси учун хорижий фантастик асарларни таржима қилиш, миллий ёш фантаст ёзувчиларни рағбатлантириш, мактаб дастурларида албатта фантастик асарларни мажбурий ўқиладиган асарлар рўйхатига киритиш керак.
Ҳозирда Ёшлар ишлари агентлиги қошидаги “Мутолаа” лойиҳаси доирасида фантастика жанрини кенг тарғиб қилишга алоҳида эътибор қаратганмиз. “Мутолаа” иловасида фантастика учун алоҳида бўлим очиб, миллий ҳамда жаҳон фантастик асарларини электрон ҳамда аудио шаклда чоп этмоқдамиз. Жумладан, Ҳожиакбар Шайховнинг ўтган асрнинг 70 йилларида нашр этилиб ҳозиргача қайта чоп этилмаган, эътибордан четда қолиб кетган “Еттинчи операция”, “Ғаройиб кўналка”, “Олмос жилоси”, “Ране жумбоғи” каби ўнлаб китобларини профессионал дублаж актёрлари томонидан овозлаштирмоқдамиз. Ўйлаймизки, бу асарлар юртимизда илмий-фантастика жанрини ривожланиши ва жаҳон майдонларига чиқиши учун катта қадам бўлади.
Saʼdullo Quronov