Odatda ifodaviylik va tasviriylik sanʼat turlarini farqlovchi xususiyatlar sifatida tilga olinadi. Yaʼni tasviriy sanʼat turlarida (rangtasvir, arxitektura, haykaltaroshlik) badiiy obraz yaratishda tasvir yetakchilik qilsa, ifodaviy sanʼat turlarida voqelikni tasvirlashdan koʻra insonning ana shu voqelikdan olgan taassurotlari ifodasi birinchi planga chiqadi. Bu jihatdan badiiy adabiyot tasvirlash va ifodalash imkoniyatiga birdek ega ekani bilan boshqa sanʼat turlaridan ajralib turadi.
Maxsus adabiyotlarda noplastik obraz yaratish lirikaning spetsifik xususiyati ekani aytiladi. Yaʼni lirikada epik turga mansub asarlardagi kabi tasviriylik emas, ifodaviylik kuchliroq. Bu xususiyati bilan u musiqaga yaqin turadi. Ammo ayni xususiyat undagi tasviriylik imkoniyatlarini chegaralamaydi. Tasviriylik asosida obraz yaratishga intilish, albatta, lirikaning inson his-kechinmalarini ifodalash maqsadiga xizmat qiladi. Hozirgi zamon sheʼriyati lirikaga koʻrish orqali idrok etiladigan, tasviriy sanʼatga xos usullarni ham olib kirdi. Bu jihatdan shoir Xurshid Davron sheʼrlari eʼtiborimizni tortadi.
X.Davron tabiatni rassomlarday oʻziga xos tarzda koʻra oladi. U xuddi rassom kabi koʻrganini oʻzi his qilganiday tasvirlashga qodir ijodkor. Fikrimizning dalili sifatida shoir qalamiga mansub bir sheʼrni toʻlaligicha keltiramiz:
Odatda tabiat, voqelik tasviri lirik asarda metaforik, ramziy xarakterga ega boʻladi. Masalan, A.Oripovning “Bahor kunlarida kuzning havosi”, Shavkat Rahmonning “Tungi manzara” sheʼrlarida tabiat tasviri lirik qahramon his-kechinmalarini ifodalovchi tasvir sifatida namoyon boʻladi, tasviriylik ifodaning uzviy bir qismi boʻlib keladi. Bunda tasvirlanayotgan narsa muallifning izohlarisiz ham ramz vazifasini oʻtaydi. X.Davronning yuqoridagi sheʼrida esa boshqacharoq holatga duch kelamiz. Sheʼrni oʻqigach, koʻz oldingizda oydin kecha, bulutlar namoyon boʻladi. Avvaliga tasvir real hayotdagi kabi jonlanadi (Bulutlar yuzadi… Oy boqar hayron…, olovda yongan dala oʻrtasida turgan qadim qalʼa). Asta-sekin tasvir lirik qahramon kechinmalariga uygʻunlasha boradi. Oʻquvchi manzarani shoir tasviridagi obrazlar (qalʼa, devor, dala, roʻmol, olov, yov, yalov) koʻrinishi bilan uygʻun holda koʻrarkan, endi u bulutlarni shoir tasavvur etganiday his eta boshlaydi. Yaʼni oʻquvchi, avvalo, real manzaradagi bulutni koʻz oldiga keltiradi. Soʻng esa devorlari kuyuk va vayron qalʼa tasvirini ongida real bulutlar tasviri bilan qorishtiradi. Oʻquvchi koʻz oldida real manzaradan biroz farqlanuvchi, koʻproq zavqlantiruvchi, hayratga soluvchi tasvir paydo boʻladi. Eʼtibor qilsangiz, shoir keltirgan obrazlar real manzara taʼsirida yuzaga kelmoqda. Manzara qarshisidagi sanʼatkor ongida lahzalik taassurot(obraz)ning uygʻonishi va ayni taassurotning oʻzini ifodalash XIX asr oxiri - XX asr boshlarida avval tasviriy sanʼatda, keyinroq boshqa sanʼat turlarida urf boʻlgan impressionizm yoʻnalishini eslatadi.
A.Oripov va Sh.Rahmonning yuqorida tilga olingan sheʼrlarida tasvir bir paytning oʻzida lirik qahramon his-kechinmalarining ifodasi, ramziy koʻrinishidir. X.Davron sheʼrlarida esa tasvirdagi obraz va ifodadagi obrazlar avvaliga alohida, keyin esa uygʻun holda beriladi. Boshqacha aytganda, A.Oripov va Sh.Rahmon sheʼrida tasvir lirik qahramon koʻzi bilan koʻrilgan tabiat tasviri boʻlsa, X.Davron sheʼrida koʻrib-kuzatilgan voqelik tasvirini boricha berish bilan birga, undan olingan taassurotlar, his-kechinmalar ifodalanadi. X.Davronda tasvir ramzga aylanmay turiboq estetik qimmat kasb etadi, oʻquvchida xuddi koʻrib turgandek taassurot uygʻotadi va bu taassurot tasviriy sanʼat asarini tomosha qilganda tugʻiladigan kechinmalardan kam boʻlmaydi.
Ijodkorning lirikada bunday tasvir usulidan foydalanishi tasodifiy emas. Bunda, eng avvalo, voqelikni koʻrish orqali estetik idrok etish qobiliyati talab qilinadi. Shoir oʻz his-tuygʻularini ifoda etarkan, bu ifoda ijodkorning estetik qobiliyatlari bilan hamohang tarzda kechadi. Deylik, shoirda musiqani his qilish(muzыkalniy slux) qobiliyati kuchli. Bu oʻz-oʻzidan uning sheʼriyatidagi musiqiylikni taʼminlaydi. Musavvirlarda va bu sohani tushunadigan, ranglarni his qila oladigan insonlarda estetik koʻrish (esteticheskoe videnie) oddiy odamlarga qaraganda bir necha bor ustunroq boʻladi. Ular oddiy koʻz ilgʻamagan narsalarni “koʻradi”. Bunday odamlar tabiatdagi ranglar uygʻunligini his qiladilar. Undagi tabiiy shakllarni biror narsaga oʻxshata oladilar. Osmondagi bulutlarni kemalarga, togʻu toshlarni turli hayvonlarga oʻxshata olish ulardagi “koʻrish”ning oʻziyoq obrazlilikda kechishidan dalolat beradi
Shoir Xurshid Davron yoshligida tasviriy sanʼat bilan jiddiy shugʻullangan. Bu borada anchagina qobiliyatli boʻlgan ijodkor keyinchalik ham ushbu sanʼat bilan yaqinlikni yoʻqotmadi. Yaʼni, uni nafaqat isteʼdodli shoir, balki tasviriy sanʼat tarixi, nazariyasidan yaxshigina xabardor boʻlgan musavvir sifatida ham tanish mumkin. Alisher Mirzaev va Shuhrat Abdurashidov kabi rassomlar bilan bir qancha muddat ijodiy muloqotda boʻlgan X.Davron shoir sifatidagi ijodiy jarayonda ham tasviriy sanʼat bilan yaqinlikni his etadi. Shu sababdan uning sheʼrlaridagi musavvirona nigohni payqash qiyin emas. X.Davron sheʼrlari xuddi suratday, shoirning oʻzi esa musavvirday goʻyo:
U yaratgan obrazlarning aksariyati vizuallik xususiyatiga ega boʻlib, sheʼrlarida tasviriylik ustuvorlik qiladi. Ijodkor tabiatning maʼlum bir manzarasini tasvirlar(chizar) ekan, bu real manzaraning aynan nusxasi boʻlmaydi. Manzara shoir yoki rassom qalb qoʻrida qayta “koʻriladi”, ishlov beriladi. Tasvir taʼsirdor obrazlar bilan boyitilar ekan, uni “koʻrayotgan” oʻquvchi xuddi rassom chizgan surat qarshisidagi zavqni tuya boshlaydi:
X.Davron ijodida faqat rangtasvirga xos xususiyatlarning aks etishini koʻrib qolmay, balki bu sanʼat tarixi, uning namoyondalari, tasviriy sanʼat mohiyatiga bagʻishlab yozilgan sheʼrlarni ham juda koʻp uchratishimiz mumkin. Bunday sheʼrlar sirasiga “Behzod”, “Musavvir boʻlmoq ersang”, “Musavvir usataxonasi”, “Musavvir”, “Abulhay soʻzi” kabi asarlarni keltirish mumkin. Aynan shu sheʼrlar shoirning bu sanʼat borasida xaqiqiy bilimdon ekanligini koʻrsatadi. Shoir yetuk musavvirlarday rangni his etadi, uning asl mohiyatini anglay oladi. X.Davron “Musavvir boʻlmoq ersang” sheʼrida shunday yozadi:
Rangtasvirning asl mohiyatiga olib boruvchi bu soʻzlar musavvir-shoir tilidangina aytilishi mumkin. X.Davronning rangtasvir bilan bogʻliq sheʼrlaridagi eʼtiborli jihat ham shunda. Ijodkor shu mavzudagi deyarli barcha sheʼrlarida rangtasvirning xos xususiyatlarini teran mushohada etadi:
Rang tanish - qoʻrquvdan boʻlmoqdir ozod.
Shoir uchun chin rassomlargagina xos tuygʻular, kechinmalar (“Sanʼat”, “Chyurlyonis”, “Biz shunday yashaymiz”) ham yot emas. X.Davron rassom ijodiy jarayoni va ilhomlangan sanʼatkor kechinmalarini musavvirona his eta oladi. Bu esa uning sheʼrlarida ham oʻz aksini topgan:
X.Davron sheʼriyatida tasviriylik faqatgina rangtasvir bilan uygʻunlikda sodir boʻlmaydi. Uning ijodida kino sanʼati xususiyatlarini oʻzida eks ettiruvchi asarlarini ham koʻplab uchratishimiz mumkin.
Kino, albatta, insoniyatning buyuk kashfiyoti. Bu sanʼatda bir necha sanʼat turlarining sintezlashuv holatini kuzatish mumkin. Kinemotografiya olamni estetik koʻrsatuvchi, u haqda informatsiyalarni boshqa tur sanʼatlardan koʻra bir qadar koʻproq yetkazishi bilan insoniyatning chin ehtiyojidagi sanʼat boʻlib qolmoqda. Hozirda kino koʻrmaydigan, unga qiziqmaydigan odamlarni topish mushkul. Kino allaqachon insonlar hayotining bir boʻlagiga aylanib ulgurgan. X.Davron kinoning ana shu ahamiyatga molik ifoda usullaridan foydalana oladigan ijodkor. U obʼektni lahzalik, qotib turgan holatinigina emas, balki bir qancha muddat davomida, ketma-ketlikda sodir boʻluvchi voqea(kichik epizod)larni ham “tasvirga tushiradi”. Bunday sheʼrlar sirasiga “Roʻmol oʻrab koʻchaga chiqdi…”, “Javzo tuni…”, “Qush oʻgʻrisi”, “Osmonda bulut yoʻq…”, “Eshik ochiladi...” kabi sheʼrlarni keltirishimiz mumkin:
Sheʼrda oddiy ishchining bir kunlik yumushlariga otlanish payti tasvirlangan. Kichik bir epizodik tasvirda erkakning dardlari, bir zaylda davom etuvchi kunlarning azobi va shunga mahkum boʻlgan inson taqdiri oʻziga xos tarzda ifodalanadi. Sheʼr toʻlaligicha tasvir(harakatdagi tasvir) asosida yozilib, uning estetik taʼsiri ham ana shu kinemotografik lavhaga singdirilgan. Bunda shoir hech qanday izoh va tavsiflarsiz bir necha soniyalik epizodni keltiradi. U aytmoqchi boʻlgan fikrlarning bari oʻquvchi koʻz oldida jonlanayotgan ana shu tasvir vositasida yetkaziladi.
Tasviriy sanʼatning vujudga kelishi va rivojlanishi insoniyatning koʻrish asosida oladigan estetik zavqi qiymatini oshirib kelgan. Hozirgi rivojlangan davrda odamlarning informatsiya oluvchi asosiy vositasi televidenie boʻlib turibdi. Televidenie va kino sanʼatining yutuqlari esa insondagi “koʻrish”ning ahamiyati yanada ortishiga sabab boʻlgan. Keyingi davr oʻquvchisi koʻproq koʻrish asosida estetik zavq olishga moyil boʻlib qolgan ekan, bu, albatta, boshqa sanʼat turlariga, shu jumladan, badiiy adabiyotga ham taʼsir etmay qolmadi. X.Davron ana shu ehtiyojni teran his qilgan ijodkordir. Alohida ajralib turuvchi qobiliyati esa uning sheʼriyatidagi tasviriylik jozibasini taʼminlaydi. Bu esa, eng avvalo, sanʼat turlarining hozirgi taraqqiyoti qoʻyayotgan talabdan kelib chiqsa, ikkinchi tomondan, sanʼatkor olamida shoir va musavvir qalbining mushtaraklikda yashashi sabablidir.
Hozirgi she'riyatning tasviriy imkoniyatlari haqida
Suhbatlar, nutqlar, soʻz boshilar, taqrizlar
Suhbatlar, nutqlar, soʻz boshilar, taqrizlar
Одатда ифодавийлик ва тасвирийлик санъат турларини фарқловчи хусусиятлар сифатида тилга олинади. Яъни тасвирий санъат турларида (рангтасвир, архитектура, ҳайкалтарошлик) бадиий образ яратишда тасвир етакчилик қилса, ифодавий санъат турларида воқеликни тасвирлашдан кўра инсоннинг ана шу воқеликдан олган таассуротлари ифодаси биринчи планга чиқади. Бу жиҳатдан бадиий адабиёт тасвирлаш ва ифодалаш имкониятига бирдек эга экани билан бошқа санъат турларидан ажралиб туради.
Махсус адабиётларда нопластик образ яратиш лириканинг специфик хусусияти экани айтилади. Яъни лирикада эпик турга мансуб асарлардаги каби тасвирийлик эмас, ифодавийлик кучлироқ. Бу хусусияти билан у мусиқага яқин туради. Аммо айни хусусият ундаги тасвирийлик имкониятларини чегараламайди. Тасвирийлик асосида образ яратишга интилиш, албатта, лириканинг инсон ҳис-кечинмаларини ифодалаш мақсадига хизмат қилади. Ҳозирги замон шеърияти лирикага кўриш орқали идрок этиладиган, тасвирий санъатга хос усулларни ҳам олиб кирди. Бу жиҳатдан шоир Хуршид Даврон шеърлари эътиборимизни тортади.
Х.Даврон табиатни рассомлардай ўзига хос тарзда кўра олади. У худди рассом каби кўрганини ўзи ҳис қилганидай тасвирлашга қодир ижодкор. Фикримизнинг далили сифатида шоир қаламига мансуб бир шеърни тўлалигича келтирамиз:
Одатда табиат, воқелик тасвири лирик асарда метафорик, рамзий характерга эга бўлади. Масалан, А.Ориповнинг “Баҳор кунларида кузнинг ҳавоси”, Шавкат Раҳмоннинг “Тунги манзара” шеърларида табиат тасвири лирик қаҳрамон ҳис-кечинмаларини ифодаловчи тасвир сифатида намоён бўлади, тасвирийлик ифоданинг узвий бир қисми бўлиб келади. Бунда тасвирланаётган нарса муаллифнинг изоҳларисиз ҳам рамз вазифасини ўтайди. Х.Давроннинг юқоридаги шеърида эса бошқачароқ ҳолатга дуч келамиз. Шеърни ўқигач, кўз олдингизда ойдин кеча, булутлар намоён бўлади. Аввалига тасвир реал ҳаётдаги каби жонланади (Булутлар юзади… Ой боқар ҳайрон…, оловда ёнган дала ўртасида турган қадим қалъа). Аста-секин тасвир лирик қаҳрамон кечинмаларига уйғунлаша боради. Ўқувчи манзарани шоир тасвиридаги образлар (қалъа, девор, дала, рўмол, олов, ёв, ялов) кўриниши билан уйғун ҳолда кўраркан, энди у булутларни шоир тасаввур этганидай ҳис эта бошлайди. Яъни ўқувчи, аввало, реал манзарадаги булутни кўз олдига келтиради. Сўнг эса деворлари куюк ва вайрон қалъа тасвирини онгида реал булутлар тасвири билан қориштиради. Ўқувчи кўз олдида реал манзарадан бироз фарқланувчи, кўпроқ завқлантирувчи, ҳайратга солувчи тасвир пайдо бўлади. Эътибор қилсангиз, шоир келтирган образлар реал манзара таъсирида юзага келмоқда. Манзара қаршисидаги санъаткор онгида лаҳзалик таассурот(образ)нинг уйғониши ва айни таассуротнинг ўзини ифодалаш ХIХ аср охири - ХХ аср бошларида аввал тасвирий санъатда, кейинроқ бошқа санъат турларида урф бўлган импрессионизм йўналишини эслатади.
А.Орипов ва Ш.Раҳмоннинг юқорида тилга олинган шеърларида тасвир бир пайтнинг ўзида лирик қаҳрамон ҳис-кечинмаларининг ифодаси, рамзий кўринишидир. Х.Даврон шеърларида эса тасвирдаги образ ва ифодадаги образлар аввалига алоҳида, кейин эса уйғун ҳолда берилади. Бошқача айтганда, А.Орипов ва Ш.Раҳмон шеърида тасвир лирик қаҳрамон кўзи билан кўрилган табиат тасвири бўлса, Х.Даврон шеърида кўриб-кузатилган воқелик тасвирини борича бериш билан бирга, ундан олинган таассуротлар, ҳис-кечинмалар ифодаланади. Х.Давронда тасвир рамзга айланмай турибоқ эстетик қиммат касб этади, ўқувчида худди кўриб тургандек таассурот уйғотади ва бу таассурот тасвирий санъат асарини томоша қилганда туғиладиган кечинмалардан кам бўлмайди.
Ижодкорнинг лирикада бундай тасвир усулидан фойдаланиши тасодифий эмас. Бунда, энг аввало, воқеликни кўриш орқали эстетик идрок этиш қобилияти талаб қилинади. Шоир ўз ҳис-туйғуларини ифода этаркан, бу ифода ижодкорнинг эстетик қобилиятлари билан ҳамоҳанг тарзда кечади. Дейлик, шоирда мусиқани ҳис қилиш(музыкальний слух) қобилияти кучли. Бу ўз-ўзидан унинг шеъриятидаги мусиқийликни таъминлайди. Мусаввирларда ва бу соҳани тушунадиган, рангларни ҳис қила оладиган инсонларда эстетик кўриш (эстетическое видение) оддий одамларга қараганда бир неча бор устунроқ бўлади. Улар оддий кўз илғамаган нарсаларни “кўради”. Бундай одамлар табиатдаги ранглар уйғунлигини ҳис қиладилар. Ундаги табиий шаклларни бирор нарсага ўхшата оладилар. Осмондаги булутларни кемаларга, тоғу тошларни турли ҳайвонларга ўхшата олиш улардаги “кўриш”нинг ўзиёқ образлиликда кечишидан далолат беради
Шоир Хуршид Даврон ёшлигида тасвирий санъат билан жиддий шуғулланган. Бу борада анчагина қобилиятли бўлган ижодкор кейинчалик ҳам ушбу санъат билан яқинликни йўқотмади. Яъни, уни нафақат истеъдодли шоир, балки тасвирий санъат тарихи, назариясидан яхшигина хабардор бўлган мусаввир сифатида ҳам таниш мумкин. Алишер Мирзаев ва Шуҳрат Абдурашидов каби рассомлар билан бир қанча муддат ижодий мулоқотда бўлган Х.Даврон шоир сифатидаги ижодий жараёнда ҳам тасвирий санъат билан яқинликни ҳис этади. Шу сабабдан унинг шеърларидаги мусаввирона нигоҳни пайқаш қийин эмас. Х.Даврон шеърлари худди суратдай, шоирнинг ўзи эса мусаввирдай гўё:
У яратган образларнинг аксарияти визуаллик хусусиятига эга бўлиб, шеърларида тасвирийлик устуворлик қилади. Ижодкор табиатнинг маълум бир манзарасини тасвирлар(чизар) экан, бу реал манзаранинг айнан нусхаси бўлмайди. Манзара шоир ёки рассом қалб қўрида қайта “кўрилади”, ишлов берилади. Тасвир таъсирдор образлар билан бойитилар экан, уни “кўраётган” ўқувчи худди рассом чизган сурат қаршисидаги завқни туя бошлайди:
Х.Даврон ижодида фақат рангтасвирга хос хусусиятларнинг акс этишини кўриб қолмай, балки бу санъат тарихи, унинг намоёндалари, тасвирий санъат моҳиятига бағишлаб ёзилган шеърларни ҳам жуда кўп учратишимиз мумкин. Бундай шеърлар сирасига “Беҳзод”, “Мусаввир бўлмоқ эрсанг”, “Мусаввир усатахонаси”, “Мусаввир”, “Абулҳай сўзи” каби асарларни келтириш мумкин. Айнан шу шеърлар шоирнинг бу санъат борасида хақиқий билимдон эканлигини кўрсатади. Шоир етук мусаввирлардай рангни ҳис этади, унинг асл моҳиятини англай олади. Х.Даврон “Мусаввир бўлмоқ эрсанг” шеърида шундай ёзади:
Рангтасвирнинг асл моҳиятига олиб борувчи бу сўзлар мусаввир-шоир тилидангина айтилиши мумкин. Х.Давроннинг рангтасвир билан боғлиқ шеърларидаги эътиборли жиҳат ҳам шунда. Ижодкор шу мавзудаги деярли барча шеърларида рангтасвирнинг хос хусусиятларини теран мушоҳада этади:
Шоир учун чин рассомларгагина хос туйғулар, кечинмалар (“Санъат”, “Чюрлёнис”, “Биз шундай яшаймиз”) ҳам ёт эмас. Х.Даврон рассом ижодий жараёни ва илҳомланган санъаткор кечинмаларини мусаввирона ҳис эта олади. Бу эса унинг шеърларида ҳам ўз аксини топган:
Х.Даврон шеъриятида тасвирийлик фақатгина рангтасвир билан уйғунликда содир бўлмайди. Унинг ижодида кино санъати хусусиятларини ўзида экс эттирувчи асарларини ҳам кўплаб учратишимиз мумкин.
Кино, албатта, инсониятнинг буюк кашфиёти. Бу санъатда бир неча санъат турларининг синтезлашув ҳолатини кузатиш мумкин. Кинемотография оламни эстетик кўрсатувчи, у ҳақда информацияларни бошқа тур санъатлардан кўра бир қадар кўпроқ етказиши билан инсониятнинг чин эҳтиёжидаги санъат бўлиб қолмоқда. Ҳозирда кино кўрмайдиган, унга қизиқмайдиган одамларни топиш мушкул. Кино аллақачон инсонлар ҳаётининг бир бўлагига айланиб улгурган. Х.Даврон кинонинг ана шу аҳамиятга молик ифода усулларидан фойдалана оладиган ижодкор. У объектни лаҳзалик, қотиб турган ҳолатинигина эмас, балки бир қанча муддат давомида, кетма-кетликда содир бўлувчи воқеа(кичик эпизод)ларни ҳам “тасвирга туширади”. Бундай шеърлар сирасига “Рўмол ўраб кўчага чиқди…”, “Жавзо туни…”, “Қуш ўғриси”, “Осмонда булут йўқ…”, “Эшик очилади...” каби шеърларни келтиришимиз мумкин:
Шеърда оддий ишчининг бир кунлик юмушларига отланиш пайти тасвирланган. Кичик бир эпизодик тасвирда эркакнинг дардлари, бир зайлда давом этувчи кунларнинг азоби ва шунга маҳкум бўлган инсон тақдири ўзига хос тарзда ифодаланади. Шеър тўлалигича тасвир(ҳаракатдаги тасвир) асосида ёзилиб, унинг эстетик таъсири ҳам ана шу кинемотографик лавҳага сингдирилган. Бунда шоир ҳеч қандай изоҳ ва тавсифларсиз бир неча сониялик эпизодни келтиради. У айтмоқчи бўлган фикрларнинг бари ўқувчи кўз олдида жонланаётган ана шу тасвир воситасида етказилади.
Тасвирий санъатнинг вужудга келиши ва ривожланиши инсониятнинг кўриш асосида оладиган эстетик завқи қийматини ошириб келган. Ҳозирги ривожланган даврда одамларнинг информация олувчи асосий воситаси телевидение бўлиб турибди. Телевидение ва кино санъатининг ютуқлари эса инсондаги “кўриш”нинг аҳамияти янада ортишига сабаб бўлган. Кейинги давр ўқувчиси кўпроқ кўриш асосида эстетик завқ олишга мойил бўлиб қолган экан, бу, албатта, бошқа санъат турларига, шу жумладан, бадиий адабиётга ҳам таъсир этмай қолмади. Х.Даврон ана шу эҳтиёжни теран ҳис қилган ижодкордир. Алоҳида ажралиб турувчи қобилияти эса унинг шеъриятидаги тасвирийлик жозибасини таъминлайди. Бу эса, энг аввало, санъат турларининг ҳозирги тараққиёти қўяётган талабдан келиб чиқса, иккинчи томондан, санъаткор оламида шоир ва мусаввир қалбининг муштаракликда яшаши сабаблидир.
Hozirgi she'riyatning tasviriy imkoniyatlari haqida
"Fusuli arbaa" qasidalar majmuasida badiiy sintez masalasi
Suhbatlar, nutqlar, soʻz boshilar, taqrizlar
Suhbatlar, nutqlar, soʻz boshilar, taqrizlar
Saʼdullo Quronov