Maqolada badiiy sintezning oʻziga xos tamoyillari hamda muammoga oid qarashlar tadriji, ushbu hodisaning mumtoz adabiyot poetik tizimida tutgan oʻrni va ahamiyati muxtasar yoritilgan. Xususan, sheʼriyat va rangtasvir sanʼatlarining sintezi zamonaviy oʻzbek poeziyasi namunalari misolida tadqiq etilgan.
: badiiy sintez, poeziya, rangtasvir, miniatyura, vizual sanʼatlar, tasviriy ifoda, impressionizm, modernizm, kalligramma, grafik sheʼrlar.
V statye kratko osveshenы osnovnыe prinsipы xudojestvennogo sinteza, evolyutsiya nauchnыx vzglyadov po dannoy probleme, mesto i rol etogo yavleniya v poeticheskoy sisteme uzbekskoy klassicheskoy literaturы. V chastnosti, na primerax sovremennoy uzbekskoy poezii rassmatrivayetsya sintez jivopisi i slovesnogo iskusstva.
: xudojestvennыy sintez, poeziya, jivopis, miniatyura, vizualnыe iskusstva, vizualnыy obraz, impressionizm, modernizm, kalligramma, graficheskiye stixi.
The article briefly highlights the basic principles of artistic synthesis, the evolution of scientific views on the issue, the place and role of this phenomenon in the poetic system of Uzbek classical literature. In particular, the examples of the modern Uzbek poetry is considered a synthesis of painting and literary art.
synthesis of art, poetry, painting, miniature, visual arts, visual image, impressionism, modernism, kalligramma, graphic poetry.
Hozirgi globallashuv davrida muayyan sanʼatni ikkinchi bir sanʼat turidan ayro holda oʻrganib, taʼbir joiz boʻlsa tushunib boʻlmaydi. Rus adabiyotshunosi K. Pigarev oʻzining “Russkaya literatura i izobrazitelnoye iskusstvo” kitobida “Hozirgi kun adabiyotshunosligi va sanʼatshunosligining eng katta muammolaridan biri bu sanʼatdagi sintezni oʻrganishdir”
, deb yozgandi. Oʻzining bu boradagi mulohazalarini davom ettirarkan, adabiyotshunos mazkur jarayonda badiiy adabiyot, kino, teatr va muzika tasviriy sanʼat bilan bir qatorda, chogʻishtirilgan holda oʻrganilishi kerakligini taʼkidlab oʻtadi.
Sanʼatlarning sintetik munosabatga kirishishi muayyan sanʼat turini oʻzga bir sanʼatning ifodaviy imkoniyatlari bilan boyitib, uning taʼsir koʻlamini bir muncha ortishiga hizmat qiladi. Biz sheʼriyatni doim musiqa sanʼati bilan yaqinlikda oʻrganib kelganmiz. Sheʼriy vazn, undagi musiqiylik va sheʼrning qoʻshiq qilib aytilishi bu sanʼatlarni oʻzaro birlashtirib turadi. Lekin sheʼriyatdagi sintez shu bilangina cheklanib qolmay baʼzan tasviriy sanʼatga xos ifodaviy xususiyatlarga murojaat etadi.
Sheʼriyat va rangtasvirning oʻzaro aloqalari juda uzoq oʻtmishlarga borib taqaladi. Qadimgi yunon shoiri Simonid rangtasvirni “soqov sheʼriyat”, sheʼriyatni esa “soʻzlovchi tasvir” deb atagan edi. Oʻz davrida muallimi soniy deb eʼzozlangan Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” nomli risolasida sheʼr sanʼati xususiyatlari haqida soʻz yuritarkan shunday yozadi: “… bu sanʼat ahli bilan (uyga) naqsh beruvchi rassom sanʼati oʻrtasida qandaydir munosabat bor. Bular ikkalasining sanʼatdagi moddasi turli-tuman boʻlsa ham ammo shaklda, yaratilish va maqsadlarda bir-biriga mos keladi. Bu shundayki, sheʼr sanʼatini bezaydigan narsalar – soʻz –mulohazalar boʻlsa, rassomlar sanʼatini bezaydigan narsa – boʻyoqlar sanaladi”
Sharq mumtoz musiqasi, miniatyurasi va badiiy adabiyotining ifodaviy xususiyatlarini kuzatar ekanmiz, bu sanʼatlarning oʻzaro mushtarak aloqadorlikda rivojlanganini koʻrishimiz mumkin boʻladi. Mumtoz musiqani aruz vaznisiz, miniatyurani esa badiiy asarlarsiz tasavvur etib boʻlmagan. Shu bois Sharqda bu sanʼatlarning nafaqat badiiy-gʻoyaviy jihatdan, balki ifodaviy xususiyatlari jihatidan ham kuchli sintetik munosabatda boʻlganligi yaqqol sezilib turadi. Xususan, miniatyura asosan kitob grafikasi sanʼati sifatida, matnning muayyan qismi boʻlib yashab kelgan. Yaʼni miniatyura xattotlik hamda naqqoshlik sanʼatlariga xos ifoda unsurlari bilan toʻyintiriladi va rangtasvir namunalari badiiy adabiyotning ifodaviy tamoyillariga yaqinlashtiriladi.
Keyingi davrlarda vizual sanʼatlarning rivoj topib, fotografiya va kinematografiya kabi sohalarning vujudga kelishi, odamlardagi koʻrish vositasida olinadigan estetik ozuqa ahamiyatining ortib ketishiga sabab boʻladi. Mazkur holat bashqa tur sanʼatlarning ifodaviy tamoillariga taʼsir etmay qoʻymaydi. XX asr boshlarida yangilangan adabiyotimiz nafaqat shakldagi oʻzgarishlar, balki ifodada tasvirning jonlangani bilan ham boʻy koʻrsata boshladi. U.Nosir, Oybek, Mirtemir, H.Olimjon kabi shoirlar oʻz asarlarida oʻquvchini soʻz maʼnolari bilangina emas, balki nigohlar vositasida taʼsir oʻtkajishni maqsad qilganlar:
Oybekning “Onlar” nomli sheʼri toʻlaligicha tabiat tasviriga bagʻishlangan. Umuman, shoir ijodida bunday asarlar juda koʻp. Sheʼrni oʻqirkansiz real koʻrinishdan ozroq farqlanuvchi, koʻproq taʼsirlantiruvchi manzara koʻz oldingizda namoyon boʻla boshlaydi. Chunki bu manzaraning asl koʻrinishi emas, balki obyekt uygʻotgan taassurotlar yigʻindisidir. Bu jihatlari bilan Oybek “chizgan” manzaralarni Yevropada XIX asr oʻrtalarida vujudga kelgan impressionizm yoʻnalishi vakillari: Mone, Renuar, Van Gog asarlariga qiyoslash mumkin. Chunki, impressionist musavvirlar ham obyektdan olingan lahzalik taassurotni, yaʼni bir qarashda dastlabki ilinganlar – ong endigina koʻz bilan koʻrilganlarni oʻzlashtirayotgan, tahlil qilayotgan vaqatni ifoda etishga harakat qilganlar.
Oʻzbek sheʼriyatining yangi davr vakillari ijodida badiiy sintezning eng goʻzal namunalarini uchratishimiz mumkin boʻladi. A.Oripov, R.Parfi, Sh.Rahmon, X.Davron va U.Azim kabi shoirlar sheʼrida obyektning bir muncha real va jonli tasvirini koʻramiz:
Inson borliq haqidagi asosiy informatsiyani koʻz vositasida qabul qilarkan, shoirning bu tarzdagi ifodaga qoʻl urishi avvalo oʻquvchining “talabi” yuzasidandir. Ammo masalaning ikkinchi bir jihati, baʼzi shoirlarning tasvirlab ifodalashga boʻlgan moyilligi ham mavjud. Sanʼat tarixida Mikelanjelo va Lomonosov kabi bir vaqtning oʻzida buyuk musavvir va shoir boʻlgan ijodkorlar yashab oʻtgan. Baʼzi mashxur shoirlarning rassomlik qobiliyati boʻlganiga esa koʻp duch kelganmiz. Oʻzbek sheʼriyatida Zarifa Saidnosirova, Xurshid Davron, Davron Rajab, Zebo Mirzo kabi bir qancha shoirlarni ana shunday qobiliyatli musavvirlar sifatida koʻrish mumkin. Ayniqsa, shoir Xurshid Davron bu borada yorqin misol boʻla oladi. Yoshligida tasviriy sanʼat bilan jiddiy shugʻullangan shoir yaratgan obrazlarning aksariyati vizuallik xususiyatiga ega boʻlib, sheʼrlarida tasviriylik ustuvorlik qiladi. Uning ijodida rangtasvir tarixi, uning namoyondalari, sanʼat mohiyatiga bagʻishlab yozilgan sheʼrlarni ham juda koʻp uchratishimiz mumkin. Bunday sheʼrlar sirasiga “Behzod”, “Musavvir boʻlmoq ersang”, “Musavvir usataxonasi”, “Musavvir”, “Abulhay soʻzi” kabi asarlarni keltirish mumkin. Shoir yetuk musavvirlarday rangni his etadi, uning asl mohiyatini anglay oladi. X.Davron “Musavvir boʻlmoq ersang” sheʼrida shunday yozadi:
Vizual sanʼatlar hamda badiiy adabiyotning aloqalarini xronologik jihatdan kuzatsak, barcha davrlarda ikkisining ham obyektga nisbatan tasvirlash tamoillari deyarli bir xil boʻlganligi koʻrinadi. Aytaylik, klassitsizm davri musavviri va shoirining ifodasida tavsif yetakchilik qilgan boʻlsa, keyingi davrlar tasvirida realistik xususiyatlar jonlangani sezamiz. Sanʼatdagi yana bir katta – modernizm yoʻnalishining tasviriy ifodasida ham ana shu mutanosiblikni koʻrishimiz mumkin:
Bahrom Roʻzimuhammadning “Tonggi manzara” sheʼri mashxur modernist musavvirlar Pablo Pikasso, Salvador Dali chizgan suratlarni yodga soladi. Yaʼni sheʼr matni ifoda etayotgan tasvir koʻz oldingizda gavdalanarkan, bir muncha abstrakt va parokanda manzarani koʻra boshlaysiz. Shoir oʻzining “Choʻlpon – tong yulduzi demak” nomli kitobida sanʼatlarning oʻzaro yakdillikda talqin qilinishi, his etilishi hozirgi davr modern-sheʼriyatining tushinilishida asosiy kalit ekanligini aytib oʻtadi
. Albatta, keyingi davr badiiy adabiyoti nafaqat ichki omillar, balki boshqa sanʼatlar bilan kuchli sintez asosida vujudga kelmoqda. Deylik, Faxriyorning “Geometrik bahor” nomli sheʼri adabiyotimiz uchun yangi hodisa va badiiy sintezning yorqin namunasidir. Zero sheʼrni rangtasvirning modern yoʻnalishlari bilan taqqoslamay tushunib boʻlmaydi
. Boisi, xuddi shunday asarlar Yevropada oʻtgan asr boshlarida urf boʻlib, shoir ifodada geometrik shakllar ustuvorlik qiluvchi fovizm, kubizm kabi yoʻnalishlarga taqlid qilgan. 1918 yil “Kalligrammalar” toʻplamini eʼlon qilgan fransuz shoiri Giyom Apolliner grafik sheʼrlarga taʼrif berarkan “Bu sanʼatning imkoniyatlari juda katta, biz unda rangtasvir va musiqaning sintezini koʻrishimiz mumkin boʻladi”
Ikki sanʼat oʻzaro mushtarakligining ilmiy jihatdan oʻrganilishi yaqin tarixga toʻgʻri keladi. Bu boradagi ilk tadqiqot XVIII asr oxirlariga kelib fransuz maʼrifatparvari Lessingning “Laokoon” asarida oʻz aksini topsada, badiiy sintezning chin maʼnodagi jiddiy oʻrganilishi XX avvalida boshlanadi. Oʻzbek adabiyotshunosligi uchun badiiy adabiyot va tasviriy sanʼat oʻrtasidagi sintez ochilmagan qoʻriqday goʻyo. Lekin, biz hozirda sanʼat asar deya qabul qilayotgan sheʼriyatimiz va nasrimizdagi oʻziga xos ifodaviy xususiyatlarning ildizlari qayerda? Bu badiiylikni aksariyat kishilar qalbi va ongida birday gavdalanuvchi, estetik yadrosi – javhariga ega boʻlgan anʼanaviy obrazlilikdan farqi nimada? Sanʼatning boshqa turlarida ham ayni shunga oʻxshash hodisalar kuzatilayotgani yoʻqmi? Oʻylashimizcha, shu kabi masalalar olimlarimiz oldida turgan ahamiyatli muammoga aylanishi kerak.
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. – T.: Ozbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2004. B.42.
B. Roʻzimuhammad. Choʻlpon -tong yulduzi demak. T.: Oʻqituvchi, 1997.
Pigarev K. Russkaya literatura i izobrazitelnoye iskusstvo. – M.: Nauka, 1966.
Pigarev K. Russkaya literatura i izobrazitelnoye iskusstvo. – M.: Nauka, 1966. B.3.
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. – T.: Ozbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2004. B.42.
B. Roʻzimuhammad. Choʻlpon -tong yulduzi demak. T.: Oʻqituvchi, 1997. 69-b.
Мақолада бадиий синтезнинг ўзига хос тамойиллари ҳамда муаммога оид қарашлар тадрижи, ушбу ҳодисанинг мумтоз адабиёт поэтик тизимида тутган ўрни ва аҳамияти мухтасар ёритилган. Хусусан, шеърият ва рангтасвир санъатларининг синтези замонавий ўзбек поэзияси намуналари мисолида тадқиқ этилган.
: бадиий синтез, поэзия, рангтасвир, миниатюра, визуал санъатлар, тасвирий ифода, импрессионизм, модернизм, каллиграмма, график шеърлар.
В статье кратко освещены основные принципы художественного синтеза, эволюция научных взглядов по данной проблеме, место и роль этого явления в поэтической системе узбекской классической литературы. В частности, на примерах современной узбекской поэзии рассматривается синтез живописи и словесного искусства.
: художественный синтез, поэзия, живопись, миниатюра, визуальные искусства, визуальный образ, импрессионизм, модернизм, каллиграмма, графические стихи.
The article briefly highlights the basic principles of artistic synthesis, the evolution of scientific views on the issue, the place and role of this phenomenon in the poetic system of Uzbek classical literature. In particular, the examples of the modern Uzbek poetry is considered a synthesis of painting and literary art.
synthesis of art, poetry, painting, miniature, visual arts, visual image, impressionism, modernism, kalligramma, graphic poetry.
Ҳозирги глобаллашув даврида муайян санъатни иккинчи бир санъат туридан айро ҳолда ўрганиб, таъбир жоиз бўлса тушуниб бўлмайди. Рус адабиётшуноси К. Пигарев ўзининг “Русская литература и изобразительное искусство” китобида “Ҳозирги кун адабиётшунослиги ва санъатшунослигининг энг катта муаммоларидан бири бу санъатдаги синтезни ўрганишдир”
, деб ёзганди. Ўзининг бу борадаги мулоҳазаларини давом эттираркан, адабиётшунос мазкур жараёнда бадиий адабиёт, кино, театр ва музика тасвирий санъат билан бир қаторда, чоғиштирилган ҳолда ўрганилиши кераклигини таъкидлаб ўтади.
Санъатларнинг синтетик муносабатга киришиши муайян санъат турини ўзга бир санъатнинг ифодавий имкониятлари билан бойитиб, унинг таъсир кўламини бир мунча ортишига ҳизмат қилади. Биз шеъриятни доим мусиқа санъати билан яқинликда ўрганиб келганмиз. Шеърий вазн, ундаги мусиқийлик ва шеърнинг қўшиқ қилиб айтилиши бу санъатларни ўзаро бирлаштириб туради. Лекин шеъриятдаги синтез шу билангина чекланиб қолмай баъзан тасвирий санъатга хос ифодавий хусусиятларга мурожаат этади.
Шеърият ва рангтасвирнинг ўзаро алоқалари жуда узоқ ўтмишларга бориб тақалади. Қадимги юнон шоири Симонид рангтасвирни “соқов шеърият”, шеъриятни эса “сўзловчи тасвир” деб атаган эди. Ўз даврида муаллими соний деб эъзозланган Абу Наср Форобий “Фозил одамлар шаҳри” номли рисоласида шеър санъати хусусиятлари ҳақида сўз юритаркан шундай ёзади: “… бу санъат аҳли билан (уйга) нақш берувчи рассом санъати ўртасида қандайдир муносабат бор. Булар иккаласининг санъатдаги моддаси турли-туман бўлса ҳам аммо шаклда, яратилиш ва мақсадларда бир-бирига мос келади. Бу шундайки, шеър санъатини безайдиган нарсалар – сўз –мулоҳазалар бўлса, рассомлар санъатини безайдиган нарса – бўёқлар саналади”
Шарқ мумтоз мусиқаси, миниатюраси ва бадиий адабиётининг ифодавий хусусиятларини кузатар эканмиз, бу санъатларнинг ўзаро муштарак алоқадорликда ривожланганини кўришимиз мумкин бўлади. Мумтоз мусиқани аруз вазнисиз, миниатюрани эса бадиий асарларсиз тасаввур этиб бўлмаган. Шу боис Шарқда бу санъатларнинг нафақат бадиий-ғоявий жиҳатдан, балки ифодавий хусусиятлари жиҳатидан ҳам кучли синтетик муносабатда бўлганлиги яққол сезилиб туради. Хусусан, миниатюра асосан китоб графикаси санъати сифатида, матннинг муайян қисми бўлиб яшаб келган. Яъни миниатюра хаттотлик ҳамда наққошлик санъатларига хос ифода унсурлари билан тўйинтирилади ва рангтасвир намуналари бадиий адабиётнинг ифодавий тамойилларига яқинлаштирилади.
Кейинги даврларда визуал санъатларнинг ривож топиб, фотография ва кинематография каби соҳаларнинг вужудга келиши, одамлардаги кўриш воситасида олинадиган эстетик озуқа аҳамиятининг ортиб кетишига сабаб бўлади. Мазкур ҳолат башқа тур санъатларнинг ифодавий тамоилларига таъсир этмай қўймайди. ХХ аср бошларида янгиланган адабиётимиз нафақат шаклдаги ўзгаришлар, балки ифодада тасвирнинг жонлангани билан ҳам бўй кўрсата бошлади. У.Носир, Ойбек, Миртемир, Ҳ.Олимжон каби шоирлар ўз асарларида ўқувчини сўз маънолари билангина эмас, балки нигоҳлар воситасида таъсир ўткажишни мақсад қилганлар:
Ойбекнинг “Онлар” номли шеъри тўлалигича табиат тасвирига бағишланган. Умуман, шоир ижодида бундай асарлар жуда кўп. Шеърни ўқиркансиз реал кўринишдан озроқ фарқланувчи, кўпроқ таъсирлантирувчи манзара кўз олдингизда намоён бўла бошлайди. Чунки бу манзаранинг асл кўриниши эмас, балки объект уйғотган таассуротлар йиғиндисидир. Бу жиҳатлари билан Ойбек “чизган” манзараларни Европада ХIХ аср ўрталарида вужудга келган импрессионизм йўналиши вакиллари: Моне, Ренуар, Ван Гог асарларига қиёслаш мумкин. Чунки, импрессионист мусаввирлар ҳам объектдан олинган лаҳзалик таассуротни, яъни бир қарашда дастлабки илинганлар – онг эндигина кўз билан кўрилганларни ўзлаштираётган, таҳлил қилаётган вақатни ифода этишга ҳаракат қилганлар.
Ўзбек шеъриятининг янги давр вакиллари ижодида бадиий синтезнинг энг гўзал намуналарини учратишимиз мумкин бўлади. А.Орипов, Р.Парфи, Ш.Раҳмон, Х.Даврон ва У.Азим каби шоирлар шеърида объектнинг бир мунча реал ва жонли тасвирини кўрамиз:
Инсон борлиқ ҳақидаги асосий информацияни кўз воситасида қабул қиларкан, шоирнинг бу тарздаги ифодага қўл уриши аввало ўқувчининг “талаби” юзасидандир. Аммо масаланинг иккинчи бир жиҳати, баъзи шоирларнинг тасвирлаб ифодалашга бўлган мойиллиги ҳам мавжуд. Санъат тарихида Микеланжело ва Ломоносов каби бир вақтнинг ўзида буюк мусаввир ва шоир бўлган ижодкорлар яшаб ўтган. Баъзи машхур шоирларнинг рассомлик қобилияти бўлганига эса кўп дуч келганмиз. Ўзбек шеъриятида Зарифа Саидносирова, Хуршид Даврон, Даврон Ражаб, Зебо Мирзо каби бир қанча шоирларни ана шундай қобилиятли мусаввирлар сифатида кўриш мумкин. Айниқса, шоир Хуршид Даврон бу борада ёрқин мисол бўла олади. Ёшлигида тасвирий санъат билан жиддий шуғулланган шоир яратган образларнинг аксарияти визуаллик хусусиятига эга бўлиб, шеърларида тасвирийлик устуворлик қилади. Унинг ижодида рангтасвир тарихи, унинг намоёндалари, санъат моҳиятига бағишлаб ёзилган шеърларни ҳам жуда кўп учратишимиз мумкин. Бундай шеърлар сирасига “Беҳзод”, “Мусаввир бўлмоқ эрсанг”, “Мусаввир усатахонаси”, “Мусаввир”, “Абулҳай сўзи” каби асарларни келтириш мумкин. Шоир етук мусаввирлардай рангни ҳис этади, унинг асл моҳиятини англай олади. Х.Даврон “Мусаввир бўлмоқ эрсанг” шеърида шундай ёзади:
Визуал санъатлар ҳамда бадиий адабиётнинг алоқаларини хронологик жиҳатдан кузатсак, барча даврларда иккисининг ҳам объектга нисбатан тасвирлаш тамоиллари деярли бир хил бўлганлиги кўринади. Айтайлик, классицизм даври мусаввири ва шоирининг ифодасида тавсиф етакчилик қилган бўлса, кейинги даврлар тасвирида реалистик хусусиятлар жонлангани сезамиз. Санъатдаги яна бир катта – модернизм йўналишининг тасвирий ифодасида ҳам ана шу мутаносибликни кўришимиз мумкин:
Баҳром Рўзимуҳаммаднинг “Тонгги манзара” шеъри машхур модернист мусаввирлар Пабло Пикассо, Салвадор Дали чизган суратларни ёдга солади. Яъни шеър матни ифода этаётган тасвир кўз олдингизда гавдаланаркан, бир мунча абстракт ва пароканда манзарани кўра бошлайсиз. Шоир ўзининг “Чўлпон – тонг юлдузи демак” номли китобида санъатларнинг ўзаро якдилликда талқин қилиниши, ҳис этилиши ҳозирги давр модерн-шеъриятининг тушинилишида асосий калит эканлигини айтиб ўтади
. Албатта, кейинги давр бадиий адабиёти нафақат ички омиллар, балки бошқа санъатлар билан кучли синтез асосида вужудга келмоқда. Дейлик, Фахриёрнинг “Геометрик баҳор” номли шеъри адабиётимиз учун янги ҳодиса ва бадиий синтезнинг ёрқин намунасидир. Зеро шеърни рангтасвирнинг модерн йўналишлари билан таққосламай тушуниб бўлмайди
. Боиси, худди шундай асарлар Европада ўтган аср бошларида урф бўлиб, шоир ифодада геометрик шакллар устуворлик қилувчи фовизм, кубизм каби йўналишларга тақлид қилган. 1918 йил “Каллиграммалар” тўпламини эълон қилган француз шоири Гийом Аполлинер график шеърларга таъриф бераркан “Бу санъатнинг имкониятлари жуда катта, биз унда рангтасвир ва мусиқанинг синтезини кўришимиз мумкин бўлади”
Икки санъат ўзаро муштараклигининг илмий жиҳатдан ўрганилиши яқин тарихга тўғри келади. Бу борадаги илк тадқиқот XVIII аср охирларига келиб француз маърифатпарвари Лессингнинг “Лаокоон” асарида ўз аксини топсада, бадиий синтезнинг чин маънодаги жиддий ўрганилиши XX аввалида бошланади. Ўзбек адабиётшунослиги учун бадиий адабиёт ва тасвирий санъат ўртасидаги синтез очилмаган қўриқдай гўё. Лекин, биз ҳозирда санъат асар дея қабул қилаётган шеъриятимиз ва насримиздаги ўзига хос ифодавий хусусиятларнинг илдизлари қаерда? Бу бадиийликни аксарият кишилар қалби ва онгида бирдай гавдаланувчи, эстетик ядроси – жавҳарига эга бўлган анъанавий образлиликдан фарқи нимада? Санъатнинг бошқа турларида ҳам айни шунга ўхшаш ҳодисалар кузатилаётгани йўқми? Ўйлашимизча, шу каби масалалар олимларимиз олдида турган аҳамиятли муаммога айланиши керак.
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. – Т.: Ozbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2004. Б.42.
Б. Рўзимуҳаммад. Чўлпон -тонг юлдузи демак. Т.: Ўқитувчи, 1997.
Пигарев К. Русская литература и изобразительное искусство. – М.: Наука, 1966.
Пигарев К. Русская литература и изобразительное искусство. – М.: Наука, 1966. Б.3.
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. – Т.: Ozbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2004. Б.42.
Б. Рўзимуҳаммад. Чўлпон -тонг юлдузи демак. Т.: Ўқитувчи, 1997. 69-б.
Saʼdullo Quronov