← Sa'dullo Quronov
|

Saʼdullo Quronov. Postmodern olamda manzil izlab…

Saʼdullo Quronov

Maqola

Keyingi davr oʻzbek nasri haqida soʻz borarkan, kishi eʼtiborini, avvalo, bu jarayondagi rang-baranglik oʻziga tortadi. Zero, milliy adabiyotimizda yaratilayotgan asarlar nafaqat mazmun-mohiyatiga koʻra, balki ifoda shakllari jihatidan ham xilma-xillik kasb etmoqda. Albatta, bunga tabiiy hol sifatida qarasak oʻrinli boʻlar, chunki xozirgi globallashuv davrida biror shaxs yoxud butun bir ijtimoiy guruhning biror ruhiy-maʼnaviy holatda muqim yashashi qiyin. Xuddi shu hol oʻzbek adabiyotida ham aks etib, undagi rang-baranglikni taʼminlayotgan asosiy omil boʻlsa, ajab emas. Lekin shu jarayonda ham muayyan oqim va umumiylikni koʻrsatuvchi jihatlar talaygina topiladi. Xususan, Sharq va Gʻarb madaniyatlari yaqinlashuvi natijasida shakllanayotgan tamoyillar, olamni xaos deya qabul qiluvchi postmodernizm yoʻnalishining

Rus faylasufi P.Grechko “Hozirgi kunda “postmodernizm”day ommabop, mavhum va koʻp qirrali termin yoʻq”, deb yozgan edi. Shu maʼnoda oʻzbek adabiyoti namunalarini postmodernizm yoʻnalishi tamoyillari asosida tahlilga tortish baʼzi nazariy chalkashliklaru sunʼiy xulosalarni keltirib chiqarishi mumkin. Ammo muammoning ikkinchi bir tarafidan aslo koʻz yumib boʻlmaydi: glaballashuv, ilm-fan taraqqiyotining yangi bosqichga koʻtarilishi, har qancha taraqqiy topmasin, tabiatning “oddiy” hodisalariga oydinlik kiritolmayotgan, na koinotning va na kichik zarraning cheku chegarasini topolmay tang boʻlayotgan inson salohiyati va uning oʻzgarib borayotgan maqsadlari, hayotiy maʼnosi, umuman, adabiy jarayon shakllanayotgan davr, yangi ijtimoiy munosabatlarning sanʼatga taʼsiri masalasi ham borki, bu milliy adabiyotimizda yaratilayotgan muayyan asarlarga yangicha bir nigoh bilan qarashga undayveradi.

Taniqli adib Ulugʻbek Hamdamning keyingi ijodiy faoliyati haqida keng taassurot beruvchi “Lola”, “Bir piyola suv”, “Pillapoya”, “Safar” kabi hikoyalari ham yuqoridagi maqsadimizga toʻla mos keladi. Boisi, bu hikoyalar Ozod Sharafiddinov eʼtirof etganiday “tom maʼnoda anʼanaviy uslubda yozilgan” “Muvozanat” romani yoki modernizmning ekspressionizm oqimiga yaqin turuvchi “Yolgʻizlik” qissalaridan nafaqat mazmun-mohiyati, balki ifoda xususiyatlariga koʻra ham jiddiy farq qiladi.

Yozuvchining soʻngi hikoyalarini bir turkumga mansub deyish mumkin. Yanada aniqlik kiritsak, men ularni “Yoʻl hikoyalari turkumi” deb atagan boʻlardim. Chunki har bir hikoya voqealari muayyan YOʻLda kechadi. Ahamiyatli jihati shundaki, asar syujetida faqat yoʻlning oʻzigina mavjud boʻlib, hikoyada uning na boshi na oxiri aniq ifodalanadi. Aytaylik, “Lola” hikoyasida qahramon togʻlar oshib borarkan, maqsadi umrining mazmuni boʻlgan lolani topish edi. Lekin qahramondagi bu istakning tugʻilish sabablari ham, yakunda uning zahmatlari natijasi ham asarda koʻrsatilmaydi. Qahramon toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻl ustida namoyon boʻladi:

“Menga vazifa yuklatilgan edi. Biroq nima uchun aynan menga? – bilmayman. Kim va qanday vaziyatda topshiriq berdi? – buni ham negadir eslay olmayman. Yodimda qolgani – nimadir ortilgan, ikkita ot qoʻshilgan aravani shom tushgunga qadar manzilga eltishim zarur”.

“Pillapoya” hikoyasi qahramoni esa zinadan koʻtarilayotgan holida tasvirlanadi. Yozuvchi bu zinalardan koʻtarilayotgan va tushayotgan odamlar barobarida butun insoniyatning umr yoʻlini tasvirlashga urinadi. “Safar” hikoyasidagi YOʻL esa boshqalaridan biroz farq qiladi. Unda asar qahramonlari qiz va yigitning orolga kelib ketishi bashariyat qismatidagi yoʻlni ifodalaydi. Adib butun tarixni kichik bir modelga joylab, aslida safar insoniyat ibtidosidan boshlanganiga ishora qiladi. Umuman, bu borada ijodkorning maqsadini anglash qiyin emas. Yaʼni uning uchun tugal voqelik emas, YOʻL muhimroq. Boshqacha qilib aytganda, sabab va natija munosabatidagi xulosalar emas, mavjud jarayon, undagi ramzlar maqsadga aylangan.

“Yoʻl hikoyalari turkumi”ning yana bir oʻziga xos jihati shundaki, ularda shaxs maqomi unutiladi. Ulugʻbek Hamdamning bundan oʻn besh yillar oldin yozilgan “Yolgʻizlik” qissasini oʻqirkanmiz, yuqoridagilardan farqli, oʻzgacha bir holga duch kelamiz. Asarda muayyan kayfiyat ifodasi birlamchi oʻrinda boʻlib, uning butun mazmun-mohiyati shu kayfiyat bilan bogʻliq holda tasvirlanadi. Qahramon −

ahlidan begonalashgan, hamma qatori turmush tashvishlari bilan andarmon yashashni ep koʻramaydigan SHAXS. Uning ruhiy olamidagi evrilishlar

hayot va individ koʻnglining chambarchas aloqasi – oʻzaro zid munosabati asosida yuzaga kelgan. Qahramon inson mavjudligini anglash yoʻlida avvalo oʻzini taftish qilarkan, chiqargan xulosalari maqsadli jarayonning umumiy yechimi vazifasini oʻtaydi. Agar “Yolgʻizlik”ning qahramoni – shaxs oʻzini xaotik olamda yolgʻiz his etib, mavjud qonuniyatlarga qarshi, isyonkor pozitsiyada tursa, “Yoʻl hikoyalari turkumi” qahramoni shu xaotik olamning oddiy, ziddiyatga va munosabat bildirishga kirishmaydigan

Eʼtibor qilgan boʻlsangiz, “Yoʻl hikoyalari turkumi”dagi yetakchi xususiyatlardan biri sifatida ularda xaotik jarayon ifoda etilayotganini taʼkidalashga urinyapmiz. Albatta, bu judayam bahsli masala, ayniqsa, Sharq tafakkuri haqida soʻz borarkan. Lekin biri ikkinchisini inkor etayotgan va olamni turli rakurslarda tushuntirishga urinayotgan falsafiy-ilmiy qarashlar, urchib borayotgan omma madaniyati, oʻziga xos demokratik tamoyillar, jahon energetikasi ortida yuzaga kelgan tahlikali zamon – postmodernizmni shakllantirgan bu kabi omillar butun insoniyatga-da daxldor emasmi? Bizningcha, maqola avvalida taʼkidlab oʻtganimiz postmodernizm yoʻnalishining

shu oʻrinda namoyon boʻladi. Keyingi davr oʻzbek adabiyotida bu kabi ifoda tez-tez uchrab turgani ham sir emas.

“Yoʻl hikoyalari turkumi”da har bir qahramon taqdiri muayyan YOʻLda kecharkan, uning manzili mavhum tarzda ifodalanadi. Demak, bu oʻrinda

maqsadining oʻzi xaotik. Masalan, “Lola” hikoyasida yozuvchi, hatto, lolaga erishilgan taqdirda ham yana boshqa lolalarning yuzaga kelishi mumkinligini inkor etmaydi… Nomaʼlum yukni nomaʼlum manzilga eltayotgan (“Bir piyola suv”) yoki maʼno izlab yuqoriga koʻtarilayotgan (“Pillapoya”), zinadan pastga tushayotgan moʻʼtabar zot chehrasida oʻsha maʼnoni koʻrmagan boʻlsa-da, hamon MAʼNI izlayotgan qahramonda, bilganlari faqat kelish-u kun kelib ketishdan iborat (“Safar”) kishilar taqdirida ana shu xaosni koʻrishimiz mumkin.

Hikoyalarda postmodernizm yoʻnalishini yodga soluvchi jihatlar uchrab tursa-da, biz ularga “Gʻarb postmodernizmining ayni oʻzi” deya baho berishdan tiyilamiz. Zero, xaotik jarayonning yoʻlovchisi sifatida eʼtirof etilayotgan qahramonimiz maqsadlari Gʻarbdagi “hamroh”inikidan jiddiy farq qiladi (faqat bu borada biroz keyinroq).

Biz yuqorida bugungi jahon taraqqiyoti va butun insoniyat kayfiyatining umumiy jihatlari, globallashuv davrida millatlar va madaniyatlar tobora bir-biriga yaqinlashib borayotgani haqida aytib oʻtdik. Shunday boʻlsa-da, Sharq va Gʻarb kishisining yashash falsafasi oʻrtasida hamon katta farq mavjud. Mashxur rus olimi Yuriy Borev “

deb yozadi. U insoniyat tarixidagi paradigmalarni tartibi bilan sanarkan, soʻnggi, modernizmdan keyingi (hozirgi) davrni “Sharq modeli” deb ataydi. Unga koʻra: “

Sharq madaniyatlari olgʻa surayotgan paradigma jamiyat hayotining ideal va maqsadlarini koʻrsatmaydi, balki donishmandlik va purtadbirlik ila uning yoʻlini belgilab beradi

. Uning Sharq falsafasi haqidagi fikrlari “Yoʻl hikoyalari turkumi” mazmun-mohiyatiga yaqin keladi. Yaʼni bu hikoyalar ifodasida anglangan manzil (ideal) tasviri emas, balki shu manzilga eltuvchi

Keling, fikrlarimizni mumtoz adabiyot namunalariga murojaat etish bilan mustahkamlashga urinib koʻramiz. Zero, nasrimizdagi bu yoʻnalish yangi dunyo taraqqiyoti bilan chambarchas bogʻliq boʻlsa-da, uning bir tarafi boy madaniy merosimiz bilan toʻyingan. Shu sabab “YOʻL” mavzusida soʻz borarkan, Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr”, Navoiyning “Lison ut-tayr” kabi dostonlarini yodga olmay sira iloji yoʻq. Bir-biriga judayam oʻxshash bu asarlarning qahramonlari (qushlar) ham Semrugʻni izlab yoʻlga chiqadilar. Ular manzilga yetganlarida izlaganlari Semrugʻni topa olmasalar-da, oʻzlari uning darajasida ekanligini tushunib yetadilar. Bu oʻrinda olamdagi barcha narsada Yaratganning Oʻzi tajalli etadi va butun borliq bir vujudda mujassam (Vahdatul vujud) degan tasavvufiy qarashning dalili mavjud. Lekin bularni anglash, chin maʼnoda his qilish mashaqqatli

Koʻrinib turibdiki, “Yoʻl hikoyalari turkumi” bilan mumtoz adabiyotimiz namunalari oʻrtasida kuchli bogʻliqlik bor. Bu asarlarning barini maʼni izlab borayotgan yoʻlovchi obrazi birlashtirib turadi. Ammo Semrugʻni izlab borayotgan qushlardan farqli oʻlaroq, bizning qahramonlarimizdan hech biri oʻz manziliga yetib bormagan. Attor va Navoiyning dostonlari, albatta, xaosdan holi. Shu sababdan ham safarga otlangan qushlar oldida Ideal, Maqsad va Manzil kunday ravshan. Balki biz taqqoslashga urinayotgan asarlar oʻrtasidagi asosiy farq ham shundadir. Toʻgʻri, “Bir piyola suv” va “Safar” kabi hikoyalarda qahramon izlayotgan maʼni, aslida uning oʻzi bilan birga ekanligiga ishora mavjud esa-da, lekin ularda ham ideal va maqsad ochiq-oydin koʻrsatilmaydi.

Shu oʻrinda eʼtiboringizni yana bir qator asarlar: Paulo Koeloning “Alkimyogar”, Isajon Sultonning “Boqiy darbadar” va “Ozod” kabi romanlariga qaratmoqchiman. Sababi bu asarlarda ham

obrazi tasvirlanadi. “Alkimyogar” romanining xazina izlab yoʻlga tushgan Santyago ismli qahramoni oʻz manziliga yaqinlashib borarkan, komillikka erisha boshlaydi. U manzilga yetib kelganda esa, izlagani oʻz yurtida ekanligini tushunib yetadi. Xuddi shunga oʻxshash voqelik “Ozod” romanida ham aks etadi. Roman qahramoni ham baxtning timsoli lolani qidirib yoʻlga chiqarkan, manzilga qadar turli voqealaru sinovlarni boshdan kechiradi. Axiyri, manzilga yetgan Ozod lolaning oʻziday nochor, uning oʻziday baxtga orzumand mahluqot ekanligi koʻrib bariga tushunadi: “Baxtu saodat nima ekanini endi-endi anglamoqdaman… yoʻlimda uchragan hamma narsa aslida xulosa chiqarishim va maʼnisini anglashim uchun ataylab yoʻllarimga sochib qoʻyilganini ham tushunyapman.” Va Ozod oʻzidagi mislsiz kuchni yurtiga qaytgandagina his qiladi. Umuman, har ikki roman syujeti ildizlari ham Sharq mumtoz adabiyoti namunalariga borib tutashadi. Ammo Isajon Sultonning “Boqiy darbadar” romani haqida bunday hukum chiqarib boʻlmaydi. Asarda ketar yoʻlidan adashgan bashariyat qismati qalamga olingan boʻlib, unda oʻrgimchak toʻriday chirmashib ketgan oʻnlab yoʻllarni koʻrish mumkin. “Boqiy darbadar” mohiyatan “Yoʻl hikoyalari turkumi”ga yaqin turadi. Chunki uning qahramoni ham manziliga yetib bormagan, ammo hamon oʻz yoʻlini qidirish bilan ovora. “Boqiy darbadar”dagi ayni shu jihat uni “Ozod” romanidan keskin farqlovchi omil boʻla oladi.

Aytmoqchimizki, Ulugʻbek Hamdamning “Yoʻl hikoyalari turkumi” va Isajon Sultonning “Boqiy darbadar” romanida bugungi kun kayfiyati, postmodernizm yoʻnalishining

zuhur boʻlgan. Shu sababdan biz ularni toʻlaligicha mumtoz adabiyot namunalari bilan taqqoslay olmaymiz.

Gʻarbda, umuman, butun dunyoda ommaviy didsizlik tobora kuchayib borayotgan bir paytda, bizning adabiyotimizda bunday asarlarning yaratilayotgani, albatta, quvonarli. Yu.Borev

“sovuq urush tugaganidan soʻng boshlangan yangi davr bashariyat tarixida ilk bor hech qanday mavjudlik formulasiga ega emas”

. Yana bir rus sanʼatshunosi V.Mikushevich postmodernizm insoniyatga xaos va bemaʼnilikdan oʻzga narsa bera olmaydi deb hisoblaydi. Balki umumiy olib qaraganda, insoniyat shunga oʻxshash kayfiyatga tushib qolgandir. Balki Gʻarb kishisi maqsadsiz va idealsiz yashashga koʻnikib ulgurdandir. Lekin bu “Sharq modeli” emas!

Ideal va oliy maqsadlar insoniyat hayotining asl mazmunidir. Ammo bugungi dunyo kayfiyati oʻz mavjudligida ana shu maʼnining borligiga shubha bilan qaramoqda. Aslida, ayni shu kayfiyatni ifodalovchi postmodernizmni shakllantirgan asosiy omillardan biri bu Sharq va Gʻarb madaniyatlarining yaqinlashuvidir. Lekin Sharqning BEMANILIKka qanday aloqasi bor?!..

SHARQ – hind, xitoy, musulmon elatlari falsafalarini (daosizm, konfutsiy, induizm, sufizm) kuzatganimizda, ularning barida dunyoning MAʼNIsiz ekanligiga ishorat borligining guvoh boʻlamiz. Sharq kishisi uchun doim taqdiri azalning haqligi, dunyoning foniy ekanligi muhim boʻlgan. Shu sababdan u ideal va maʼnoni real olamdan emas, undan tashqarida izlagan. Xuddiy shunday, agar u mavjud jarayonni xaotik holda koʻrasa-da, chinakam tartib va butunlikni idrok etish uchun inson tafakkuri ojizlik qilishiga ham iymon keltira oladi. Balki Gʻarbga bir muncha pessimist Sharqning foniy dunyoga boʻlgan munosabati taʼsir etib, optimist kishilar buning ortidagi mohiyatni oʻzlariga singdira olmagandirlar?..

Xullas, oʻzbek nasri shaklda har qancha yangilanmasin, oʻz mohiyatida

ni saqlab qolaveradi. Shu bois ham ularda olamni anglash yoʻlida inson irodasidan tashqaridagi Kuchning bevosita ifodasi (“Yoʻl hikoyalari turkumi”, “Boqiy darbadar”), insonni dunyo charxpalagining oddiy, ammo

Biz yuqorida nasrimizdagi oʻzgarishlar Gʻarb postmodernizmidan jiddiy farq qilishini aytib oʻtgandik. “Yoʻl hikoyalari turkumi” ayni shu fikrimizni tasdiqlay oladi. Qahramon oʻz mavjudligi, manzili va asl maqsadini idrok eta olmasa-da, MAʼNI qidirishdan toʻxtamaydi. Agar postmodernistlar olamni xaos deya qabul qilib, uni bor-boricha (bemaʼni) tasvirlashga urinsa, Ulugʻbek Hamdam asarlarida xaos deb koʻrilgan jarayondan qochish, undan maʼno va butunlikni qidirish kuchli.

Bizningcha, nasrimizdagi oʻzgarishlarga umumjahon iqtisodiy-siyosiy va madaniy hayotidagi oʻzgarishlarning milliy zamin tayangan qadryatlar bilan sintezi sifatida qarash oʻrinli boʻladi. Eʼtirof etayotganimiz Ulugʻbek Hamdam ijodiyotidagi silsilalar ham ayni shu nuqtalarda namoyon boʻladi.

Yu.Borev. Inson va insoniyat hayotining oliy maqsadi va maʼnosi//Sharq yulduzi. 2011 y., №4. B.160.

Yu.Borev. Paradigma sovremennoy epoxi//http//independent-academy.net/science/library/ideal1.html

Saʼdullo Quronov