XXI asr axborot asri. Fan-texnika, kommunikativ vositalarning hadsiz rivoji davr kishilariga tarqoq kayfiyatlarni ulashmoqda. Olam bugungi kun kishisi uchun turli rakurslardan akslanmoqda. Dunyoda sodir boʻlayotgan tezkor oʻzgarishlar, siyosiy-iqtisodiy vaziyat, oʻziga xos demokratik tamoyillar kishi xayolini shoshiradi, uning azaliy maqsad va vazifalariga taʼsir etadi.
Fan taraqqiyoti ham shunga monand. Yaʼni postnoklassik fan oʻzidan oldingi metodlarni rivojlantirgan, eksprementlar jarayonida takomillashgan esa-da, uning har bir kashfiyoti oʻz qarshisida oʻnlab jumboqlarni yuzaga keltirmoqda. Yangi fan olgʻa surayotgan universal evolyutsionizm gʻoyasi va sinergetika borliqning bir butunlik paradigmasini tasdiqlaydi. Unga koʻra, olam – biosfera, noosfera, jamiyat, inson – yagona, yaxlit tizimda mujassamdir. Buning natijasi oʻlaroq maʼlum boʻladiki, inson oʻzi tadqiq etayotgan “obyektiv” voqelikdan aslo tashqarida tura olmaydi. Goʻyo u futbol haqida tomoshabinday emas, balki oʻyinchiday taassurotga ega, xolos. Demak, uning olamni bilish jarayonidagi tasavvur va xulosalari ham haminqadar… Albatta, fan taraqqiyotining xos tamoyillari oʻz yoʻliga. Ammo fan va madaniyat rivoji oʻzaro bogʻliq tendensiyalar asosida davomlidir. Shu maʼnoda postmodernizm yoʻnalishi bugungi ilm-fan, ijtimoy-siyosiy hayotning butun nozikliklari bilan ifodalovchi asosiy metodlardan biri sanaladi.
Postmodernizm oʻta murakkab va serqirra yoʻnalish boʻlib, u ifoda shakllari, mazmun-mohiyatiga koʻra rivojlanib bormoqda. Uning asosida olamni xaos deb bilish, parokanda va bemaʼni dunyoda inson mavjudligining ahamiyatsizligi ifodasi yotadi. Hamonki shunday ekan, sanʼatkor ham oʻzi yaratayotgan asarda olamni bilish, uni tushunish va tushuntirishga boʻlgan ehtiyojini unutadi, dunyoni yaxlit, maqsadli “metarivoyat”lar oʻrniga uzuq-yuluq, tartibsiz “rivoya”lar asosida ifodalaydi. Postmodernizm bugungi kundagi omma madaniyati (popkultura) va ommaviy didsizlik istilohlari bilan ham uzviy aloqadagi hodisadir. Koʻrinadiki, bu yoʻnalish davr hayotini akslantirishda keng imkoniyatlarga ega. Ammo Gʻarb kishilarining kayfiyati xaosni tasdiqlab turgan, jamiyatlar turmushida ideal va oliy maqsadlar yemirilayotgan bir vaqtda postmodernizmni
Oʻzbek adabiyotida postmodernizmning kurtaklari bundan yigirma yillar oldin, biz modernchi deb atayotgan shoirlar bisotida aks etgan boʻlsa-da, unga jiddiy qiziqish juda kech boshlandi. Aniqrogʻi, adabiyotshunosligimiz modernizm va postmodernizmni oʻzaro farqlash ehtiyojiga biroz keyinroq yetib keldi. Ayniqsa, Isajon Sultonning “Boqiy darbadar” (“Sharq yulduzi” jurnali 2010 yil, 6-son) romanidan soʻng postmodernizmga qiziquvchilar yanada koʻpaydi. Albatta, yangi roman yozilishida eʼtirof etayotganimiz yoʻnalishning taʼsiri katta. Adib xuddi postmodernchilar kabi dunyo manzarasini kichik, uzuq-yuluq voqealar asosida chizadi. Zamon va makon uygʻunligi buzilgan roman ifodasida tarix, bugun va kelajak qorishib ketadi. Unda siz turmush hayotimizning kichik detallaridan tortib, zamonaviy ilm-fan yutuqlari, tarix solnomalari, afsona va rivoyatlardagi syujet motivlari, falsafa, siyosat, madaniyatga daxldor omillarning bevosita va bilvosita ifodasi, intertekstual oʻyinga duch kelasiz. Ammo muallif postmodernizmning mana shunday shakliy xususiyatlariga murojaat etadi, xolos. Yaʼni postmodernizmga xos ifoda shakllari sharqona tafakkur xususiyatlari bilan payvandlanadi va mazmun-mohiyati bilan uni inkor etadi. Agar Gʻarb postmodernizmi olamni bemaʼni deya hukm chiqarsa, Isajon Sulton romanida shu maʼnisizdek koʻrinayotgan dunyoda darbadarlikdan qochish kerakligi gʻoyasi olgʻa suriladi. Ahamiyatlisi, ijodkor mavjud sharoitning xaotik ifodasidan qochmaydi. Yaʼni roman qahramonlari oʻz mavjudligidagi haqiqatni turli yoʻllardan qidirarkan, muallif aniq bir hukm, Idealni koʻrsatishga ojiz ekanligini yashirmaydi. Lekin uning qahramonlari ana shu Idealni qidirishdan charchamaydi.
Dunyoni xaotik manzara asosida ifoda etishi jihatidan Ulugʻbek Hamdamning keyingi yillarda eʼlon qilingan “Yoʻl” romani va “Bir piyola suv”, “Haykallar oroli”, “Pillapoya” kabi hikoyalari ham postmodernizmga yaqin keladi. Adib xaos deb koʻrinayotgan olamda Idealni izlash masalasiga oʻziga xos, ayni damda, Sharq yashash falsafasining mezonlari asosida yondashadi. Unga koʻra, har bir Insoning umri muayyan YOʻLda kechadi. Garchi u oʻz manzili, mavjudligidagi haqiqatni toʻla idrok eta olmasa-da, shu yoʻldan borishga mahkum. Pirovardida inson uchun erishilgan Ideal manzil emas, balki ungacha bosib oʻtilgan YOʻL – jarayon umr mazmuniga aylanadi. Ijodkor bu xaotik olamda har birimiz manzilga qarab intilishimiz, izlaganimiz maʼno – Idealni esa oʻz qalbimizdan qidirishimiz kerakligini uqtirayotganday boʻladi.
Abduqayum Yoʻldoshevning “Puankare” (“Jahon adabiyoti” 2012 yil, 9-son) nomli hikoyasida esa dunyoning bugungi manzarasi va sharqona qadriyatlarni goʻzal uygʻunlikda ifoda etishi bilan qadrlidir. Bu ijodkorni qiynagan masala ham Ideal muammosi. Uning qahramonlari ham mavjudlikning yagona yechimi – “Koinot formulasi”ni qidirish bilan ovora. Eʼtiborlisi, yozuvchi bu jarayonning butun nozikliklari bilan tasvirlashga erisha oladi. Yaʼni bizni oʻrab turgan bu olam siru sinoatlarga va irodamizdan tashqarida boʻlgan haqiqatlariga ega. Hamonki shunday ekan, insonning bu tartibotda mavqei nimadan iborat? Maʼnaviy qashshoq holida ham “umrguzaronlik” qilib yurgan Tirkashning yoʻli toʻgʻrimi? Yoki zimmasida roʻzgʻor tashvishlari boʻla turib, hayotini olam haqiqatini topishga bagʻishlagan, oqibatda xoru zorlikdan boshqasiga erisholmagan qahramon taqdiri? Balki avliyolardek ehtiyojlardan holi, na pulga qiziqadigan va na odamlar bilan suhbat quradigan, topgani Peterburgdagi ixchamgina uyida qamalib olib murakkab gipotezalar yechish bilan mashgʻul boʻladigan Perelman tutgan yoʻl toʻgʻridir? Koʻrinadiki, olamning Ideal yechimini izlashdan voz kechilsa ham, umrni unga bagʻishlasa ham va xatto oʻsha “Koinot formulasi” yechilsa ham, bular qurbonliklarsiz amalga oshmaydi. Yaʼni har bir yoʻlning oʻz yutuq va kamchiliklari mavjud. Shunday ekan, bugungi kun kishisi umr maʼnisini dindanmi, fandanmi, turmushdanmi qidirishni bilolmay tang boʻlayotgan holida, qay tarafga yuzlansin? Hikoya oxiridagi birgina jumla barisini hal qiladi:
deya hayqiradi qahramon. Gʻarb kishilari hayotni bemaʼni deya eʼtirof etib, ijtimoiy-madaniy rivojlanishning garmoniyasini yoʻqotib, boshi berk koʻchaga kirib qolayotgan bir vaqtda najotni Sharqning bitmas-tuganmas maʼnaviy boyliklaridan topayapti. Zero, Sharq donishmandlari Ideal doim inson ruhida yashab keladi, deya uqtiradi. Shunday ekan, biz uchun olam hech qachon bemaʼni tuyulmasligi lozim.
Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki, oʻzbek adabiyoti, xususan, nasrida oʻziga xos bir yoʻnalish shakllanib bormoqda. Albatta, u bugunning kayfiyati, ijtimoiy-madaniy hayotning ifodasi uchun juda mos keladi. Oʻzbek adabiyoti shaklda har qancha yangilanmasin, oʻz mohiyatida
ni saqlab qolaveradi. Shu bois ham ularda olamni anglash yoʻlida inson irodasidan tashqaridagi Kuchning bevosita ifodasi, insonni dunyo charxpalagining oddiy, ammo
si sifatida tasvirlashga boʻlgan harakat mavjud. Ammo biz uni Gʻarbda shakllangan postmodernizm nuqtai nazaridan tushunishga harakat qilsak, modernizmga boʻlgan munosabat aynan qaytarilishi mumkin. Shu sababdan hozirgi kun adabiyotini tadqiq etayotganda dunyoda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar va postmodern sanʼatining muayyan taʼsirini inkor etmay, bu yoʻnalishni
XXI аср ахборот асри. Фан-техника, коммуникатив воситаларнинг ҳадсиз ривожи давр кишиларига тарқоқ кайфиятларни улашмоқда. Олам бугунги кун кишиси учун турли ракурслардан аксланмоқда. Дунёда содир бўлаётган тезкор ўзгаришлар, сиёсий-иқтисодий вазият, ўзига хос демократик тамойиллар киши хаёлини шоширади, унинг азалий мақсад ва вазифаларига таъсир этади.
Фан тараққиёти ҳам шунга монанд. Яъни постноклассик фан ўзидан олдинги методларни ривожлантирган, экспрементлар жараёнида такомиллашган эса-да, унинг ҳар бир кашфиёти ўз қаршисида ўнлаб жумбоқларни юзага келтирмоқда. Янги фан олға сураётган универсал эволюционизм ғояси ва синергетика борлиқнинг бир бутунлик парадигмасини тасдиқлайди. Унга кўра, олам – биосфера, ноосфера, жамият, инсон – ягона, яхлит тизимда мужассамдир. Бунинг натижаси ўлароқ маълум бўладики, инсон ўзи тадқиқ этаётган “объектив” воқеликдан асло ташқарида тура олмайди. Гўё у футбол ҳақида томошабиндай эмас, балки ўйинчидай таассуротга эга, холос. Демак, унинг оламни билиш жараёнидаги тасаввур ва хулосалари ҳам ҳаминқадар… Албатта, фан тараққиётининг хос тамойиллари ўз йўлига. Аммо фан ва маданият ривожи ўзаро боғлиқ тенденциялар асосида давомлидир. Шу маънода постмодернизм йўналиши бугунги илм-фан, ижтимой-сиёсий ҳаётнинг бутун нозикликлари билан ифодаловчи асосий методлардан бири саналади.
Постмодернизм ўта мураккаб ва серқирра йўналиш бўлиб, у ифода шакллари, мазмун-моҳиятига кўра ривожланиб бормоқда. Унинг асосида оламни хаос деб билиш, пароканда ва бемаъни дунёда инсон мавжудлигининг аҳамиятсизлиги ифодаси ётади. Ҳамонки шундай экан, санъаткор ҳам ўзи яратаётган асарда оламни билиш, уни тушуниш ва тушунтиришга бўлган эҳтиёжини унутади, дунёни яхлит, мақсадли “метаривоят”лар ўрнига узуқ-юлуқ, тартибсиз “ривоя”лар асосида ифодалайди. Постмодернизм бугунги кундаги омма маданияти (попкультура) ва оммавий дидсизлик истилоҳлари билан ҳам узвий алоқадаги ҳодисадир. Кўринадики, бу йўналиш давр ҳаётини акслантиришда кенг имкониятларга эга. Аммо Ғарб кишиларининг кайфияти хаосни тасдиқлаб турган, жамиятлар турмушида идеал ва олий мақсадлар емирилаётган бир вақтда постмодернизмни
Ўзбек адабиётида постмодернизмнинг куртаклари бундан йигирма йиллар олдин, биз модернчи деб атаётган шоирлар бисотида акс этган бўлса-да, унга жиддий қизиқиш жуда кеч бошланди. Аниқроғи, адабиётшунослигимиз модернизм ва постмодернизмни ўзаро фарқлаш эҳтиёжига бироз кейинроқ етиб келди. Айниқса, Исажон Султоннинг “Боқий дарбадар” (“Шарқ юлдузи” журнали 2010 йил, 6-сон) романидан сўнг постмодернизмга қизиқувчилар янада кўпайди. Албатта, янги роман ёзилишида эътироф этаётганимиз йўналишнинг таъсири катта. Адиб худди постмодернчилар каби дунё манзарасини кичик, узуқ-юлуқ воқеалар асосида чизади. Замон ва макон уйғунлиги бузилган роман ифодасида тарих, бугун ва келажак қоришиб кетади. Унда сиз турмуш ҳаётимизнинг кичик деталларидан тортиб, замонавий илм-фан ютуқлари, тарих солномалари, афсона ва ривоятлардаги сюжет мотивлари, фалсафа, сиёсат, маданиятга дахлдор омилларнинг бевосита ва билвосита ифодаси, интертекстуал ўйинга дуч келасиз. Аммо муаллиф постмодернизмнинг мана шундай шаклий хусусиятларига мурожаат этади, холос. Яъни постмодернизмга хос ифода шакллари шарқона тафаккур хусусиятлари билан пайвандланади ва мазмун-моҳияти билан уни инкор этади. Агар Ғарб постмодернизми оламни бемаъни дея ҳукм чиқарса, Исажон Султон романида шу маънисиздек кўринаётган дунёда дарбадарликдан қочиш кераклиги ғояси олға сурилади. Аҳамиятлиси, ижодкор мавжуд шароитнинг хаотик ифодасидан қочмайди. Яъни роман қаҳрамонлари ўз мавжудлигидаги ҳақиқатни турли йўллардан қидираркан, муаллиф аниқ бир ҳукм, Идеални кўрсатишга ожиз эканлигини яширмайди. Лекин унинг қаҳрамонлари ана шу Идеални қидиришдан чарчамайди.
Дунёни хаотик манзара асосида ифода этиши жиҳатидан Улуғбек Ҳамдамнинг кейинги йилларда эълон қилинган “Йўл” романи ва “Бир пиёла сув”, “Ҳайкаллар ороли”, “Пиллапоя” каби ҳикоялари ҳам постмодернизмга яқин келади. Адиб хаос деб кўринаётган оламда Идеални излаш масаласига ўзига хос, айни дамда, Шарқ яшаш фалсафасининг мезонлари асосида ёндашади. Унга кўра, ҳар бир Инсонинг умри муайян ЙЎЛда кечади. Гарчи у ўз манзили, мавжудлигидаги ҳақиқатни тўла идрок эта олмаса-да, шу йўлдан боришга маҳкум. Пировардида инсон учун эришилган Идеал манзил эмас, балки унгача босиб ўтилган ЙЎЛ – жараён умр мазмунига айланади. Ижодкор бу хаотик оламда ҳар биримиз манзилга қараб интилишимиз, излаганимиз маъно – Идеални эса ўз қалбимиздан қидиришимиз кераклигини уқтираётгандай бўлади.
Абдуқаюм Йўлдошевнинг “Пуанкаре” (“Жаҳон адабиёти” 2012 йил, 9-сон) номли ҳикоясида эса дунёнинг бугунги манзараси ва шарқона қадриятларни гўзал уйғунликда ифода этиши билан қадрлидир. Бу ижодкорни қийнаган масала ҳам Идеал муаммоси. Унинг қаҳрамонлари ҳам мавжудликнинг ягона ечими – “Коинот формуласи”ни қидириш билан овора. Эътиборлиси, ёзувчи бу жараённинг бутун нозикликлари билан тасвирлашга эриша олади. Яъни бизни ўраб турган бу олам сиру синоатларга ва иродамиздан ташқарида бўлган ҳақиқатларига эга. Ҳамонки шундай экан, инсоннинг бу тартиботда мавқеи нимадан иборат? Маънавий қашшоқ ҳолида ҳам “умргузаронлик” қилиб юрган Тиркашнинг йўли тўғрими? Ёки зиммасида рўзғор ташвишлари бўла туриб, ҳаётини олам ҳақиқатини топишга бағишлаган, оқибатда хору зорликдан бошқасига эришолмаган қаҳрамон тақдири? Балки авлиёлардек эҳтиёжлардан ҳоли, на пулга қизиқадиган ва на одамлар билан суҳбат қурадиган, топгани Петербургдаги ихчамгина уйида қамалиб олиб мураккаб гипотезалар ечиш билан машғул бўладиган Перельман тутган йўл тўғридир? Кўринадики, оламнинг Идеал ечимини излашдан воз кечилса ҳам, умрни унга бағишласа ҳам ва хатто ўша “Коинот формуласи” ечилса ҳам, булар қурбонликларсиз амалга ошмайди. Яъни ҳар бир йўлнинг ўз ютуқ ва камчиликлари мавжуд. Шундай экан, бугунги кун кишиси умр маънисини динданми, фанданми, турмушданми қидиришни билолмай танг бўлаётган ҳолида, қай тарафга юзлансин? Ҳикоя охиридаги биргина жумла барисини ҳал қилади:
дея ҳайқиради қаҳрамон. Ғарб кишилари ҳаётни бемаъни дея эътироф этиб, ижтимоий-маданий ривожланишнинг гармониясини йўқотиб, боши берк кўчага кириб қолаётган бир вақтда нажотни Шарқнинг битмас-туганмас маънавий бойликларидан топаяпти. Зеро, Шарқ донишмандлари Идеал доим инсон руҳида яшаб келади, дея уқтиради. Шундай экан, биз учун олам ҳеч қачон бемаъни туюлмаслиги лозим.
Юқоридагилардан кўриниб турибдики, ўзбек адабиёти, хусусан, насрида ўзига хос бир йўналиш шаклланиб бормоқда. Албатта, у бугуннинг кайфияти, ижтимоий-маданий ҳаётнинг ифодаси учун жуда мос келади. Ўзбек адабиёти шаклда ҳар қанча янгиланмасин, ўз моҳиятида
ни сақлаб қолаверади. Шу боис ҳам уларда оламни англаш йўлида инсон иродасидан ташқаридаги Кучнинг бевосита ифодаси, инсонни дунё чархпалагининг оддий, аммо
си сифатида тасвирлашга бўлган ҳаракат мавжуд. Аммо биз уни Ғарбда шаклланган постмодернизм нуқтаи назаридан тушунишга ҳаракат қилсак, модернизмга бўлган муносабат айнан қайтарилиши мумкин. Шу сабабдан ҳозирги кун адабиётини тадқиқ этаётганда дунёда содир бўлаётган ўзгаришлар ва постмодерн санъатининг муайян таъсирини инкор этмай, бу йўналишни
Saʼdullo Quronov