Bolalar adabiyoti

4 ta maqola

Baxtiyor Sheraliyev: “Galaktikada bir kun”ni bir kechada o‘qidim

Xabaringiz boʻlsa kerak, yaqinda oʻzbek bolalar adabiyotida “katta portlash” sodir boʻldi. Balki buni hali sezib ulgurmagan boʻlsangiz, ushbu post aynan siz uchun. Yaqinda “Akademnashr” nashriyoti tomonidan Saʼdullo Quronov qalamiga mansub “Galaktikada bir kun” deb nomlangan ilmiy-fantastik qissa nashr qilindi. Ushbu qissa bolalar uchun atalgan boʻlsa ham, men uni bemalol kattalar ham oʻqisa boʻladi deb oʻylayman. Shu vaqtgacha oʻzbek bolalar adabiyotining qiroli hisoblangan Xudoyberdi…

43 yilga kechikkan adabiyot!

Hojiakbar Shayxov asarlarini oʻqir ekanman, bir savol menga sira tinchlik bermaydi: Mustaqillikdan keyin bolalar adabiyotida oʻziga xos “epidemiya”ga aylangan “Sariq devni minib” asari oʻrnida Shayxovning ilmiy-fantastik asarlari boʻlganda, hozirgi yoshlarning dunyoqarashi, ilmiy salohiyati, davlatimizning yalpi ichki mahsulotining hajmi qay darajada boʻlardi?! Albatta, bu savollarga aniq javob berish mushkul. Biroq fantastikaning davlat iqtisodiyoti rivojida kattagina hissasi borligiga shubha…

Saʼdullo Quronov haqida

1989-yil 31-yanvarda Andijon tumanida tugʻilgan. 1996 – 2004-yillarda tumandagi 4-umumtaʼlim maktabida, 2004 – 2006-yillarda ADU qoshidagi 11-litsey-internatda oʻqigan. 2006 – 2007-yillarda Andijon davlat universiteti, 2007 – 2012-yillar davomida Oʻzbekiston Milliy universiteti filologiya fakultetining bakalavr, magistratura bosqichlarini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2011-yilda “Sharq yulduzi” jurnalida boshlab, masʼul kotib, adabiyotshunoslik boʻlimi muharriri lavozimlarida ishlagan. Ijodiy…

“Galaktikada bir kun” fantastik asari haqida

“Fantastika” atamasi yunoncha “phatastika” soʻzidan olingan boʻlib, “taxayyoʻl sanʼati” demakdir. Haqiqatda mavjud boʻlmagan, taxayyoʻl kuchi bilan tasavvurdagina yaratilgan narsa-hodisalar tasviri, shunga asoslanuvchi adabiy asarlar majmuasidir. Fantastika faqat xayolot mahsuli emas, uning zamirida mavjud voqelikning izlari sezilib turadi. Zero, xayol shu mavjudlikdan kuch olgan holda parvoz qiladi. Inson tabiat sir-sinoatlarini chuqur anglab borishi barobarida fantastikani shartli…