Folklor va mif

4 ta maqola

Badiiy tafakkur evolyutsiyasi va inson konsepsiyasi

Maqolada adabiyotshunoslikdagi inson konsepsiyasi kategoriyasiga atroflicha taʼrif berilgan. Inson konsepsiyasi kategoriyasi badiiy konsepsiyaning negizi ekani asoslangan. Shu bilan birga, adabiyotni davrlashtirishda ushbu kategoriyaning ahamiyati haqida soʻz yuritilgan. Jumladan, badiiy tafakkurdagi mifopoetik, traditsionalistik, individual-ijodiy bosqichlar inson konsepsiyasi bilan qiyosan oʻrganilgan. Badiiy tafakkur evolyutsiyasining muayyan davr ijtimoiy shart-sharoitida vujudga kelgan…

Faxriyor sheʼriyatida folklorizm: mifologik obrazlarning vizuallashuvi

Mazkur maqolada mifologik obrazning modern sheʼriyatdagi vizual ahamiyati va Faxriyor ijodida tasviriylikning oʻrni masalalari badiiy sintez muammosi tegrasida tadqiq etiladi. Tayanch soʻzlar: Vizual obraz, badiiy sintez, mifologik qahramon, tasviriy sanʼat, intertekstual oʻyin, impressionizm, modernizm. Modernizm yoʻnalishida ijod etuvchi sanʼatkorlarda mif, qadimgi afsona va rivoyatlarga qiziqish yuqori boʻlgan. Ayniqsa, bu yoʻnalishning F.Kafka, T.Mann, B. Brext, J.Joys kabi mashhur…

“Oʻtgan kunlar”: mifopoetik tahlil tajribasi

Mifopoetik tahlil yoki mifopoetik yondashuv adabiy asarda qadimgi miflarning izlarini topish, unda qadim miflarga xos motivlar, arxetiplar qay yoʻsin transformatsiyalangan holda aks etganini koʻrsatib berishni maqsad qiladi. Tarixan bunday yondashuv ildizlari XIX asr Gʻarb adabiyotshunosligida shakllangan mifologik maktabga borib taqaladi. Ushbu maktab vakillari adabiyotning kelib chiqishini miflar bilan bogʻlagan holda mifni inson ijodiy faoliyatining asosiy omili deb tushunadi. Shuning uchun…

Faxriyor sheʼriyatida folklorizm

XIX asr oxirlariga kelib falsafa va sanʼatda borliqni oʻzga bir yoʻsinda anglashga, ifodalashga urinishlar kuchayadi. F.Nitsshe, Z. Freyd, A.Bergson, U.Jeyms kabi mutafakkirlarning qarashlaridan taʼsirlangan ijodkorlar sanʼatga yangi, modernizm yoʻnalishini olib kirdilar. Bu yoʻnalishning ustuvor xususiyatlari reallikni rad etish asosiga qurila boshlandi. Oʻtgan asrning soʻngiga kelib modernizm oʻzbek adabiyotiga ham kuchli taʼsir koʻrsata boshladi. Faxriyor, Nazar Eshonqul, Bahrom…