Saʼdullo Quronov
Maqola · 2021 · Ilmiy xabarnoma. Gumanitar tadqiqotlar, 2021, № 5 (57)
Maqolada Oybekning “Navoiy” hamda Isajon Sultonning “Alisher Navoiy” romanlaridagi tarixiy shaxs konsepsiyasi shu asarlar yozilgan davr mafkurasi, badiiy tafakkuri nuqtai nazaridan oʻrganilgan. Har ikki yozuvchining tarixiy shaxs siymosini yaratishdagi oʻziga xos ifodasi ijodkorning badiiy-gʻoyaviy maqsadidan kelib chiqqan holda qiyosiy tahlilga tortilgan. Alisher Navoiy va unga zamondosh boʻlgan tarixiy shaxslarning badiiy talqinidagi xilmaxilliklar yuzasidan ilmiy xulosalar berilgan. Kalit…
Dilmurod Quronov
Taqriz · 2014
Hasanxon va Husanxon qorilar tartib bergan “Navoiydan chu topqaylar navoye” nomli kitobda bir qator maqbul jihatlarni koʻrdim. Avvalo, Navoiyning diniy asarlari xos kishilari tomonidan tahlilu talqin qilinayotgani. Buni maqbul deganim shunchaki lutf yoki tuzuvchilar mehnatini qadrlab qoʻyish istagidangina emas, balki ancha chuqurki, muxtasar izoh berish lozim koʻrinadi. Bilasiz, hazrat haqida soʻz ketsa, barcha birdek ul zotning serqirra isteʼdod ekanini aytib tolmaydi-yu, merosi goʻyo bir…
Saʼdullo Quronov
Maqola · Sharq yulduzi jurnali
Roman yozish – mashaqqat. Tarixiy roman yozish esa ikki hissa mashaqqatdir. Zero bunday asarda romannavis tarixiylik tamoyillarini mahkam tutishi, oʻzining olam va odam haqidagi badiiy konsepsiyasini mavjud tarixiy voqelikka tayangan holda ifodalashi lozim. Albatta badiiy gʻoya talabi bilan tarixiy roman syujetiga toʻqima obrazlar, toʻqima voqelik ham kiritilishi mumkin. Romanda toʻqima obraz va voqealardan foydalanishning aniq chegarasi, qatʼiy oʻlchovi boʻlmasa-da, bu unsurlarning meyori…
Saʼdullo Quronov
Maqola · Jahon adabiyoti jurnali (hammuallif Dilnavoz Yusupova)
Mumtoz sanʼat namunalarini kuzatar ekanmiz, ifodada tavsifning ustuvorligi yaqqol koʻzga tashlanadi. Yaʼni ijodkor oʻz asarida borliqni tashqi koʻrinishlari bilan tasvirlash va realistik tamoyillar asosidagi ifodaga u qadar ahamiyat bermaganligi koʻrinadi. Bu sanʼatkorning olamga obyektiv emas, koʻproq subyektiv tasvir asosida yondashuvi mahsulidir. Albatta, oʻsha davr estetik idealining xos xususiyatlari sanʼatkordan shu kabi ifodani “talab qilgan”. Chunki bu davr estetik qarashlarining…