Dilmurod Quronov
Maqola · 2019 · «Adabiyot va b. haqida» toʻplamidan
(«Tafakkur» jurnali savollariga javob) Oʻqituvchining jamiyatdagi mavqeyi, hurmatini tiklash gʻoyat muhim, albatta, hozir hammaning ogʻzida shu gap ekani ham bejiz emas. Biroq, aslida, masalaning ikkinchi tomoni – hozirda biz aytayotgan maqomga munosib maʼnaviy-axloqiy qiyofaga ega, bolalarga begʻaraz mehr va talabchanlik, yuksak intellektual salohiyat va kasbiga fidoyilikni oʻzida uygʻun mujassam etgan SHAXSni taʼlimga qaytarish masalasi bundan-da muhim va murakkabroq. Negaki oʻtgan yillar…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2019 · «Adabiyot va b. haqida» toʻplamidan
«Til va adabiyot taʼlimini optimallashtirish oʻzini qanchalik oqlamoqda?» nomli maqolada54 koʻpchiligimizni koʻpdan beri oʻylantirib kelayotgan masala koʻtarilibdiki, buning uchun maqola mualliflariga ham, tahririyatga ham tashakkur. Avvalo, maqolada koʻtarilgan muammolar oʻquv reja-yu dasturlarni ishlab chiqish va tatbiq etishning soʻnggi yillarda qaror topgan tartibi Maʼrifat. 2017 йил 6 декабрь. oʻzini oqlamayotganiga dalolat qiladi. Zero, ushbu muammolar oʻquv reja va dasturlarning soha…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2013 · XX asr oʻzbek adabiyoti masalalari. T.: Fan,2012t · «Zavqimdan bir shingil» toʻplamidan
Maʼlumki, mustaqillikka qadar adabiyotshunosligimizda va shundan kelib chiqib adabiyot oʻqitishda davrlashtirish muammosi goʻyo «uzil-kesil hal qilingan», darslik va qoʻllanmalarda ikkita: «Oʻzbek adabiyoti tarixi» va «Oʻzbek sovet adabiyoti» davrlari ajratilar edi, vassalom. Albatta, nafaqat adabiyot, balki umuman insoniyat tarixiga «inqilobgacha – inqilobdan keyin» qolipida qaragan shoʻro fanining bir uzvi boʻlmish adabiyotshunoslik uchun bu ayni ilmiy haqiqat sanalgan. Zero, oʻtgan asr…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2011 · ADU. Ilmiy xabarnoma 2011 №4 · «Talqin imkonlari» toʻplamidan
Sharhlab oʻqitish taʼlimdagi, jumladan, adabiy taʼlimdagi eng qadimiy va sinalgan usullardan biridir. Qadim yunon faylasuflari Aflotunu Arastularning dialog shaklidagi asarlariga eʼtibor berilsa, shogirdlar bilan jonli suhbatlarning muhokama predmetini sharhlash asosiga qurilganini koʻrish mumkin. Sharq mudarrislari esa diniy yo dunyoviy ilmga oid fundamental xarakterdagi asarni maʼlum vaqt davomida sharhlab tushuntirganlar va shu asosda tolibul ilmlarning bu asarlar mazmun-mohiyatini puxta…
Saʼdullo Quronov
Maqola
Bir necha yil oldin jurnalimizda (“Jajji akademik” jurnali) “Tilga eʼtibor – elga eʼtibor” nomli sahifa ochib, unda ona tilidan qiziqarli, darsliklardan farq qiluvchi mashqlar va topshiriqlar berib borishga jazm qildik. Maktab dasrliklaridagi koʻr-koʻrona yod olishga qaratilgan qoidabozlik, grammatikaga asoslangan oʻqitish usuli bizni qoniqtirmasdi. Goʻyoki bola tilni emas, uning qonuniyatlarni bilishga, yod olishga majbur edi. Oʻshanda bu sahifani biror mutaxassisga topshirishga qaror qilib,…