Mumtoz adabiyot

5 ta maqola

Badiiy tafakkur evolyutsiyasi va inson konsepsiyasi

Maqolada adabiyotshunoslikdagi inson konsepsiyasi kategoriyasiga atroflicha taʼrif berilgan. Inson konsepsiyasi kategoriyasi badiiy konsepsiyaning negizi ekani asoslangan. Shu bilan birga, adabiyotni davrlashtirishda ushbu kategoriyaning ahamiyati haqida soʻz yuritilgan. Jumladan, badiiy tafakkurdagi mifopoetik, traditsionalistik, individual-ijodiy bosqichlar inson konsepsiyasi bilan qiyosan oʻrganilgan. Badiiy tafakkur evolyutsiyasining muayyan davr ijtimoiy shart-sharoitida vujudga kelgan…

Hamzaning poetik izlanishlari haqida

Ilmiy anjumanlardan birida maʼruzachi «Devoni Nihoniy»da mumtoz sheʼriyat anʼanalari davom ettirilgan...» degan mazmunda bir nima dedi. Bir qarashda toʻgʻri fikrga oʻxshar, aslida, nihoyatda bahsli. Negaki «Devoni Nihoniy»da mumtoz sheʼriyat anʼana­lari davom ettirilmagan, uning oʻzi bevosita mumtoz sheʼriyatga taalluqli, muallifi esa mumtoz sheʼriyat vakili oʻlaroq qalam surgan. Xullas, maʼruzachining fikri Hamzaning keyingi ijodiga nisbatan olinsagina toʻgʻri boʻladi. Zero, shoirning keyingi…

Sharq mumtoz adabiyotida badiiy sintezning ahamiyati

Mazkur maqolada Sharq mumtoz sanʼatlari, xususan, adabiyotda badiiy sintezning tutgan oʻrni, sanʼat turlarining oʻzaro hamkorligi asosiga qurilgan taraqqiyot yoʻllari oʻrganiladi. Ishda sheʼriyat, xattotlik va miniatyura sanʼatlarining vizual obraz yaratishdagi oʻzaro uygʻun munosabati misollar asosida tadqiq etilgan. Kalit soʻzlar: mumtoz sanʼatlar, badiiy sintez, xattotlik, kalligrafiya, miniatyura, vizual obraz, obyektiv tasvir, grafik sheʼr. Mumtoz adabiyot namunalari haqida soʻz borarkan,…

Sheʼriyatimizdagi poetik yangilanishning bir qirrasiga doir ayrim qaydlar

«Adabiyot nadir?» nomli maqolasini millatdoshlariga daʼvat oʻlaroq xitoblar bilan yakunlarkan, Choʻlpon «adiblar yetishtiraylik» deya urgʻulab aytadi. Ohangiga qarasak, adiblar yetishtirish yosh shoir nazdida shunchaki dolzarb masalalardan biri emas – hayot-mamot masalasi. Nega shunday? Nega adabiyotining tarixi ming yillarga boʻylaguvchi yosh millatparvar adiblar yetishtirish masalasiga bu qadar katta qimmat beradi? Axir, nazarkarda yurt hech vaqt ahli qalamga tanqislik sezmagan: Choʻlpon shu…

Sheʼriyat va rangtasvirda inson tasviri

Mazkur maqolada madaniyatning turli bosqichlarida sanʼatkorning inson obrazi tasviriga boʻlgan munosabati badiiy sintez muammosi tamoyillari asosida tadqiq etilgan. Ishda inson qiyofasi tasviriga yondashuv muayyan davr estetik tafakkurini belgib beruvchi omil ekani tasdiqlangan. Unda oʻzbek sheʼriyatining klassik hamda zamonaviy namunalari tahlilga tortilib, davrlar osha takomillashib borgan inson tasviri – shaxsiyati oʻrganilgan. Kalit soʻzlar: badiiy sintez, inson qiyofasi, vizual sanʼat,…