Postmodernizm

5 ta maqola

Olam va odam munosabatlarining badiiy talqini

Inson konsepsiyasi adabiyotshunoslikning muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Zero, inson barcha moddiy va maʼnaviy tushunchalar, jumladan, adabiyotning markazida turadi. Ijodkor olamni bilish yoʻlida inson ruhiyatini taftish qiladi, uning murakkab taqdiriga nazar soladi. Inson vositasida zamonni va makonni oʻrganadi. Ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, falsafiy qarashlarini ilgari suradi. Shunday ekan, inson konsepsiyasi muammosini oʻrganish barobarida muayyan davr adabiyotini baholash,…

Adabiyot biz koʻnikkan tushunchadangina iborat emas (suhbat)

(Yozuvchi U.Hamdam bilan suhbat) Ulugʻbek Hamdam: Sir emas, keyingi qariyb yigirma-yigirma besh yil mobaynida davr tubdan oʻzgardi. Bu degani shuki, yangi davrga xos boʻlgan kayfiyat ham paydo boʻldi. Demak, istaymizmi-yoʻqmi, yangilangan kayfiyatni oʻz asarlarida aks ettiruvchi avlod ham voyaga yetgan boʻlishi kerak. Agar shunday boʻlsa, qani ular? Nega “manaman” deya koʻzga tashlanmayapti? Bu gapni yana shuning uchun aytayapmanki, davralarda koʻpincha 70-yillar avlodidan keyin bizda boshqa…

Postmodern kayfiyat va ideal ehtiyoji

Adabiyotshunosligimiz oʻtgan davr mobaynida qizgʻin munozaralarga sabab boʻlgan modernizm masalasida yakuniy xulosalarga kelib ulgurmasidan, postmodernizm deb atalmish yangi bir yoʻnalishga toʻqnash kelmoqda. Adabiyot ilmiga doir asarlarda bu terminni bot-bot uchratishga, soha vakillari tomonidan “u postmodernchi”, “bu postmodern asar-da...” qabilidagi gaplarni tez-tez eshitishga koʻnikkan boʻlsak-da, oʻzbek adabiyotining biron namunasi shu nuqtai nazardan jiddiy tahlilga tortilganini, umuman,…

Saʼdullo Quronov. Postmodern olamda manzil izlab…

Keyingi davr oʻzbek nasri haqida soʻz borarkan, kishi eʼtiborini, avvalo, bu jarayondagi rang-baranglik oʻziga tortadi. Zero, milliy adabiyotimizda yaratilayotgan asarlar nafaqat mazmun-mohiyatiga koʻra, balki ifoda shakllari jihatidan ham xilma-xillik kasb etmoqda. Albatta, bunga tabiiy hol sifatida qarasak oʻrinli boʻlar, chunki xozirgi globallashuv davrida biror shaxs yoxud butun bir ijtimoiy guruhning biror ruhiy-maʼnaviy holatda muqim yashashi qiyin. Xuddi shu hol oʻzbek adabiyotida ham…

Zamonaviy oʻzbek nasri va postmodernizm

XXI asr axborot asri. Fan-texnika, kommunikativ vositalarning hadsiz rivoji davr kishilariga tarqoq kayfiyatlarni ulashmoqda. Olam bugungi kun kishisi uchun turli rakurslardan akslanmoqda. Dunyoda sodir boʻlayotgan tezkor oʻzgarishlar, siyosiy-iqtisodiy vaziyat, oʻziga xos demokratik tamoyillar kishi xayolini shoshiradi, uning azaliy maqsad va vazifalariga taʼsir etadi. Fan taraqqiyoti ham shunga monand. Yaʼni postnoklassik fan oʻzidan oldingi metodlarni rivojlantirgan, eksprementlar jarayonida…