Dilmurod Quronov
Maqola · 2019 · «Adabiyot va b. haqida» toʻplamidan
Ilmiy anjumanlardan birida maʼruzachi «Devoni Nihoniy»da mumtoz sheʼriyat anʼanalari davom ettirilgan...» degan mazmunda bir nima dedi. Bir qarashda toʻgʻri fikrga oʻxshar, aslida, nihoyatda bahsli. Negaki «Devoni Nihoniy»da mumtoz sheʼriyat anʼanalari davom ettirilmagan, uning oʻzi bevosita mumtoz sheʼriyatga taalluqli, muallifi esa mumtoz sheʼriyat vakili oʻlaroq qalam surgan. Xullas, maʼruzachining fikri Hamzaning keyingi ijodiga nisbatan olinsagina toʻgʻri boʻladi. Zero, shoirning keyingi…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2018 · «Nazariy qaydlar» toʻplamidan
Dramatik asar kompozitsiyasi haqidagi gapni uning tashqi qurilishi – tashqi kompozitsiyasidan boshlash maqsadga muvofiq. Negaki, bu nav asarning tashqi qurilishidayoq sahnadagi va sahnadan tashqaridagi unsurlar, yaʼni matnning personajlarga tegishli qismi (asosiy matn) bilan muallifga tegishli qismi (yondosh matn) yaqqol ajralib turadi. Toʻgʻri, asar muallifi, nomi, janri kabi maʼlumotlarning aniq ajralib koʻzga tashlanishi barcha turdagi asarlarga ham xos. Biroq dramada, masalan, bundan…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2013 · «Mutolaa va idrok mashqlari» toʻplamidan
«Adabiyot nadir?» nomli maqolasini millatdoshlariga daʼvat oʻlaroq xitoblar bilan yakunlarkan, Choʻlpon «adiblar yetishtiraylik» deya urgʻulab aytadi. Ohangiga qarasak, adiblar yetishtirish yosh shoir nazdida shunchaki dolzarb masalalardan biri emas – hayot-mamot masalasi. Nega shunday? Nega adabiyotining tarixi ming yillarga boʻylaguvchi yosh millatparvar adiblar yetishtirish masalasiga bu qadar katta qimmat beradi? Axir, nazarkarda yurt hech vaqt ahli qalamga tanqislik sezmagan: Choʻlpon shu…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2013 · «Mutolaa va idrok mashqlari» toʻplamidan
Nasib qilgan ekan, «Kunduzsiz kechalar»ning hozirgi Milliy akademik teatrdagi premyerasida boʻlgandim. Mamlakat boʻylab Choʻlpon tavalludining 100 yilligi tantanalari keng nishonlanayotgan palla, shu ruh taʼsiridami yo qariyb oʻn yillardan beri Choʻlpon ijodi bilan shugʻullanib yurganim uchunmi, oʻshanda spektakl menda juda chuqur taassurot qoldirgandi. Albatta, bayramona ruh taʼsirida ayrim nuqsonlarni nazardan qochirgan boʻlishim ham ehtimol. Faqat shundan beri ich-ichimda oʻsha taassurotim…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2004 · Sharq yulduzi, 2004, №2 · «Mutolaa va idrok mashqlari» toʻplamidan
Maʼlumki, urushning dastlabki oylaridayoq Oybek «Mahmud Torobiy» dramatik dostonini yozgan, shu asar asosidagi libretto nisbatan tez fursatda sahnalashtirilgan edi. Shunga qaramay, Oybek bu mavzuga yana qaytadi: Hamza teatri uchun «Gʻalvirchi» nomli pyesani, rus adibi A.Deych bilan hamkorlikda «Shit naroda» pyesasini yoza boshlagan. Adabiy davralarda adib Torobiy mavzusida yirikroq asar, ehtimolki, roman yozishni niyat qilgan degan gaplar ham eshitilib turadi. Sirasi, bu fikrda jon borga…
Dilmurod Quronov
Maqola · 2002 · «Mutolaa va idrok mashqlari» toʻplamidan
Tarix – insonni shaxs sifatida shakllantiruvchi muhim omillardan biri. Tarixni oʻrgangan sari, kechmish voqea-hodisalar mohiyatini anglagan sari kishining dunyoga nazari teranlashib, atrofida yuz berayotgan hodisalar mohiyatiga yaqinlashib boradi. Tabiiyki, bunday odam kimningdir yetovida yurishi mumkin emas, chunki u oʻz qarashiga, oʻzining anglangan ijtimoiy maqomi va mavqeiga ega boʻladi. Uning jismi erkin boʻlmasligi mumkin, lekin ruhi har vaqt erkin boʻladi. Shundan boʻlsa ehtimol,…
Saʼdullo Quronov
Maqola
“Xalq uyi”, Hamza teatri, “Yosh gvardiya” teatri, Abror Hidoyatov teatri, Oʻzbek Davlat drama teatri – sanʼatsevar xalqimiz uchun qadrdon nomlar. Bu nomlar 1919-1924 yillar davomida azim Toshkentning Eski shahar hududida barpo etilgan teatr binosiga tegishli. Salkam yuz yoshni qoralagan va hamon ohori toʻkilmay kelayotgan binoda bugun Oʻzbek Davlat drama teatri faoliyat koʻrsatmoqda. Biz, bejiz, bino va teatrni ayro holda qoʻyishga urinmadik. Zero, bino tarixi teatrnikidan birmuncha oldinroq…