Saʼdullo Quronov
Maqola · 2017 · Filologiya masalalari jurnali, 2017, № 1
Mazkur maqolada Sharq mumtoz sanʼatlari, xususan, adabiyotda badiiy sintezning tutgan oʻrni, sanʼat turlarining oʻzaro hamkorligi asosiga qurilgan taraqqiyot yoʻllari oʻrganiladi. Ishda sheʼriyat, xattotlik va miniatyura sanʼatlarining vizual obraz yaratishdagi oʻzaro uygʻun munosabati misollar asosida tadqiq etilgan. Kalit soʻzlar: mumtoz sanʼatlar, badiiy sintez, xattotlik, kalligrafiya, miniatyura, vizual obraz, obyektiv tasvir, grafik sheʼr. Mumtoz adabiyot namunalari haqida soʻz borarkan,…
Saʼdullo Quronov
Maqola · 2015 · Sharq yulduzi jurnali, 2015, № 1
Maqolada Oybekning peyzaj lirikasi badiiy sintez tamoyillari asosida tadqiq etilgan. Oybek sheʼrlarining variantlari va qoʻlyozma shakllari oʻzaro taqqoslanib, soʻz vositasida vizual obrazlar yaratishda rangtasvir sanʼatiga xos ifodaviy xususiyatlarning ahamiyati ochib berilgan. This paper analyzes the landscape poetry Aybek in terms of the use of methods and techniques to recreate the visual artistic images. The article analyzes the verses that blend together techniques of visual and verbal…
Saʼdullo Quronov
Maqola
Sanʼat turlari oʻzining ifoda xususiyatlariga koʻra bir-biridan farqlanadi. Rassomchilik, haykaltaroshlik, meʼmorchilik kabi sanʼat turlarida tasviriylik yetakchilik qilsa, badiiy adabiyot, musiqa, raqsda ifodaviylikning ustuvor ekanligini koʻramiz. Lekin shu bilan birga muayyan sanʼat asari oʻzida bir qancha sanʼatlarga xos xususiyatlarni umumlashtirishi ham mumkin. Yaʼni bir sanʼat asarida ifodaviylik va tasviriylikning uygʻun holda qoʻllanilganligini kuzatish mumkin boʻladi. Rus…
Saʼdullo Quronov
Maqola · Jahon adabiyoti jurnali (hammuallif Dilnavoz Yusupova)
Mumtoz sanʼat namunalarini kuzatar ekanmiz, ifodada tavsifning ustuvorligi yaqqol koʻzga tashlanadi. Yaʼni ijodkor oʻz asarida borliqni tashqi koʻrinishlari bilan tasvirlash va realistik tamoyillar asosidagi ifodaga u qadar ahamiyat bermaganligi koʻrinadi. Bu sanʼatkorning olamga obyektiv emas, koʻproq subyektiv tasvir asosida yondashuvi mahsulidir. Albatta, oʻsha davr estetik idealining xos xususiyatlari sanʼatkordan shu kabi ifodani “talab qilgan”. Chunki bu davr estetik qarashlarining…
Saʼdullo Quronov
Maqola
Maqolada modern sheʼriyat rangtasvirning modern yoʻnalishlari bilan toqqoslanadi. Oʻzbek modern sheʼriyati namunalari misolida badiiy obrazning vizuallashuvi, sanʼatlar oʻrtasidagi sintezning ahamiyati tadqiq etiladi. Kalit soʻzlar: badiiy sintez, poeziya, rangtasvir, vizual sanʼatlar, tasviriy ifoda, impressionizm, modernizm, grafik sheʼrlar. Oʻzbek modern sheʼriyatining taniqli nomoyandasi Bahrom Roʻzimuhammad oʻzining “Choʻlpon – tong yulduzi demak” nomli kitobida sanʼatlarning oʻzaro…
Saʼdullo Quronov
Maqola
Aslida, sanʼat ijodkor qalbu ongida kechgan his-tuygʻu va gʻoyaning badiiy ifodasi oʻlaroq yaxlit hodisa esa-da, biz uni turlarga ajratishga odatlanganmiz. Albatta, sanʼatni turlarga ajratib tasniflash madaniy hayotimizda judayam zarur. Ammo na ijodkor va na talabgor (oʻquvchi, tomoshabin, tinglovchi va h.k.) sanʼat turlarining yaxlit hamda uygʻun hodisa ekanini unutishga haqli. Zero, chin asarning hassos yaratuvchisi olamni barcha sezgilari bilan idrok etadi. U ijod onlarida asariga…
Saʼdullo Quronov
Maqola
(Oybek lirikasi misolida) Annotatsiya: Mazkur maqolada Oybek ijodi simvolizm yoʻnalishining rantasvir hamda sheʼriyatdagi namunalari bilan qiyoslab tadqiq etilgan. Shuningdek, XX asrning 30 yillariga kelib zamonaviy oʻzbek sheʼriyatida kechgan ifodaviy, gʻoyaviy yangilanishlar sanʼatlar aro badiiy sentezning koʻlamida oʻrganilgan. Kalit soʻzlar: badiiy sintez, poeziya, peyzaj lirikasi, rangtasvir, vizual sanʼatlar, tasviriy ifoda, simvolizm, impressionizm, modernizm, grafik sheʼrlar. XX asrning…
Saʼdullo Quronov
Maqola
Maqolada badiiy sintezning oʻziga xos tamoyillari hamda muammoga oid qarashlar tadriji, ushbu hodisaning mumtoz adabiyot poetik tizimida tutgan oʻrni va ahamiyati muxtasar yoritilgan. Xususan, sheʼriyat va rangtasvir sanʼatlarining sintezi zamonaviy oʻzbek poeziyasi namunalari misolida tadqiq etilgan. : badiiy sintez, poeziya, rangtasvir, miniatyura, vizual sanʼatlar, tasviriy ifoda, impressionizm, modernizm, kalligramma, grafik sheʼrlar. V statye kratko osveshenы osnovnыe prinsipы…