Inson konsepsiyasi

11 ta maqola

Oʻtish davri romanlari va inson konsepsiyasi

Ustoz adabiyotshunos Ozod Sharafiddinov sobiq sovet xalqlarining istiqlolga erishgan ilk yillaridagi ruhiy maʼnaviy-ruhiy evrilishlarga “hududsiz fojia” deya tarif bergandi. Zero Oʻzbekiston mustaqilligining ilk yillari xalqimizga iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy-ruhiy jihat oson boʻlmagan edi. Uzoq yillar davomida asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va sanoat xom ashyosi yetkazib berishga ixtisoslashgan davlat iqtisodiyoti deyarli bankrot holatiga keladi. Ishsizlik, uning ketidan yoʻqchilik…

Roman janri evolyutsiyasi haqida

Tarixning har bir yangi davri insonning borliqdagi oʻrni, uning hayotiy maqsad va vazifalarini oʻziga xos tarzda tushunish hamda talqin qilish evaziga vujudga kelgan. Badiiy adabiyot ham borliqni, mavjud voqelikni taftish qilish asnosida olam va odam haqida yaxlit badiiy hukm – badiiy konsepsiyani yaratadi. Adabiyotning markazida inson turishini hisobga olsak, badiiy konsepsiyaning negizini ham inson konsepsiyasi tashkil etishi oydinlashadi. Adabiyotshunoslikda badiiy tafakkurning uch tipi…

Badiiy asardagi absurd va inson konsepsiyasi

Maqolada yozuvchi Nazar Eshonqulning “Goʻroʻgʻli” romani modernizm yoʻnalishi, jumladan, F.Nitshe, J.Sartr, A.Kamyu kabi mutafakkirlarning falsafiy, adabiy-estetik qarashlari asosida tahlilga tortilgan. Adib oʻzining inson konsepsiyasini ekzistensial falsafa asosida yaratgani, milliy romanchiligimizda ilk bor absurd odamni konseptual ravishda, yirik epik koʻlamda badiiy tafakkur qilgani dalillangan. Kalit soʻzlar: modernizm, ekzistensializm, absurd odam, inson konsepsiyasi, badiiy konsepsiya,…

Oʻtish davri romanlari va shaxs konsepsiyasi

Annotatsiya. Maqolada «Dinozavr», «Muvozanat», «Bozor» romanlari inson konsepsiyasi kategoriyasi asosida tahlilga tortilgan. Ularda kapitalizm fuqarosining falsafiy, iqtisodiy, ijtimoiy omillari tizimlashtirilib, yangi inson konsepsiyasi yaratilgani asoslangan. Romanlarda ilk bor ekonomik odam (Homo Economicus) siymosi konseptual ravishda ifodalagani Adam Smitning iqtisodiy-falsafiy qarashlari asosida dalillangan. Kalit soʻzlar: inson konsepsiyasi, badiiy konsepsiya, romaniy tafakkur, oʻzbek…

Ulugʻbek Hamdamning muvozanat konsepsiyasi

Maqolada U.Hamdamning “Muvozanat” romani inson konsepsiyasi kategoriyasi asosida tahlilga tortilgan. Adibning oʻtish davri voqealarini romaniy kontekstda taftish etgani, kapitalizm fuqarosining falsafiy, iqtisodiy, ijtimoiy omillarini tizimlashtirib, yangi inson konsepsiyasini yaratgani asoslangan. “Muvozanat” milliy adabiyotimizda ilk bor ekonomik odam (Homo Economicus) siymosini konseptual ravishda ifodalagan asar sifatida baholangan va bu Adam Smitning iqtisodiy-falsafiy qarashlari bilan…

«Jimjitlik» romanida inson konsepsiyasi

Annotatsiya: Maqolada “Jimjitlik” romani inson konsepsiyasi kategoriyasi asosida tahlilga tortilgan. Unda 80-yillar adabiy jarayonida yangi inson konsepsiyasini yaratish uchun ulkan ijtimoiy ehtiyojning pishib yetilgani, S.Ahmadning mazkur muammoga yechimni hukmron elita va mavjud siyosiy tafakkurdan qidirgani haqida soʻz boradi. Kalit soʻzlar: inson konsepsiyasi, badiiy konsepsiya, romaniy tafakkur, o ʻzbek romanlari, adabiy jarayon. XX asr 80-yillar romanchiligi davrning shiddati, siyosiy…

«Lolazor» romanida inson konsepsiyasi

Maqolada Murod Muhammad Doʻstning “Lolazor” romani inson konsepsiyasi kategoriyasi nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Yozuvchining shoʻro ijtimoiy-siyosiy sharoitida shakllangan siyosiy tafakkurni taftish etish orqali hukmron elitani anglashga uringani, aldangan shaxs konsepsiyasi vositasida millat fojiasining tub mohiyatini ochib bergani asoslangan. “Lolazor” romani A.Soljenitsinning “Yolgʻonda yashamaslik”, V.Havelning “Kuchsizlar kuchi” asarlari bilan qiyosan oʻrganilib, ulardagi gʻoyalar…

«Ming bir qiyofa» romanida erkin inson gʻoyasi

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida F.Nitsshe, Z.Freyd, A.Bergson, K.Yung kabi faylasuf va ruhshunoslarning qarashlaridan taʼsirlangan bir guruh ijodkorlar sanʼatda yangi – modernizm yoʻnalishiga asos soladilar. Modernistlar olamni mantiqqa tayanmagan hissiy "tafakkur" asosidagina toʻlaqonli tushunish mumkin deb hisoblaydilar. Ular bunda mantiqiy-analitik mushohadaga qarshi turib, irratsional ongni yetakchi sanaydilar. Modernizmga kelib insonga boʻlgan munosabat oʻzgardi, odamning mavjudlikdagi…

Adabiyotni davrlashtirishda inson konsepsiyasi kategoriyasining ahamiyati

Annotatsiya Mazkur maqolada adabiyotni davrlashtirishda inson konsepsiyasi kategoriyasining ahamiyati haqida soʻz yuritilgan. Jumladan, badiiy tafakkurdagi mifopoetik, traditsionalistik, individual-ijodiy bosqichlar inson konsepsiyasi bilan qiyosan oʻrganilgan. Badiiy tafakkur evolyutsiyasining muayyan davr ijtimoiy shartsharoitida vujudga kelgan inson konsepsiyasi taʼsirida harakatlanishi, zamonaviy oʻzbek adabiyotining rivoji, tarixiy taraqqiyot yoʻli, adabiy asrlar bevosita inson…

Badiiy tafakkur evolyutsiyasi va inson konsepsiyasi

Maqolada adabiyotshunoslikdagi inson konsepsiyasi kategoriyasiga atroflicha taʼrif berilgan. Inson konsepsiyasi kategoriyasi badiiy konsepsiyaning negizi ekani asoslangan. Shu bilan birga, adabiyotni davrlashtirishda ushbu kategoriyaning ahamiyati haqida soʻz yuritilgan. Jumladan, badiiy tafakkurdagi mifopoetik, traditsionalistik, individual-ijodiy bosqichlar inson konsepsiyasi bilan qiyosan oʻrganilgan. Badiiy tafakkur evolyutsiyasining muayyan davr ijtimoiy shart-sharoitida vujudga kelgan…

«Alisher Navoiy» romanida tarixiy shaxs konsepsiyasi

Maqolada Oybekning “Navoiy” hamda Isajon Sultonning “Alisher Navoiy” romanlaridagi tarixiy shaxs konsepsiyasi shu asarlar yozilgan davr mafkurasi, badiiy tafakkuri nuqtai nazaridan oʻrganilgan. Har ikki yozuvchining tarixiy shaxs siymosini yaratishdagi oʻziga xos ifodasi ijodkorning badiiy-gʻoyaviy maqsadidan kelib chiqqan holda qiyosiy tahlilga tortilgan. Alisher Navoiy va unga zamondosh boʻlgan tarixiy shaxslarning badiiy talqinidagi xilmaxilliklar yuzasidan ilmiy xulosalar berilgan. Kalit…