Adabiy tanqid

13 ta maqola

Koʻrkamlik xizmatchisi

Qozoqboy Yoʻldosh deganda hamon «bizda adabiy tanqid bor» deb oʻylovchilar dalil uchun barmoq bukib sanashga tush­ gan payt beshak tilga olinadigan «dinozavr»lardan biri koʻz ol85 dimga keladi. Darhaqiqat, Qozoqboy aka oʻtgan asrning 90-yillari boshlaridan oʻzining adabiy-tanqidiy maqolalari bilan matbuotda faol qatnashib, adabiy-badiiy jarayonga, millat badiiy-estetik didiga sezilarli taʼsir koʻrsatib keladi. Munaqqid eʼlon qilgan adabiy-tanqidiy materiallar – maqola, taqriz, soʻzboshi va…

Tarjima tanqidchiligi haqida

Mustaqillik yillarida badiiy tarjima bobida juda katta ishlar amalga oshirilgani, jahon adabiyotining koʻplab namunalari oʻzbek tiliga oʻgirilgani, muhimi, asliyatdan oʻgirish amaliyoti keng yoyila boshlagani hammamizga maʼlum. Mana, yigirma yildan ziyod vaqt oʻtdiki, «Jahon adabiyoti» jurnali xalqimizga dunyo adib-u shoirlari ijodidan sara namunalarni har oy taqdim etib keladi. Bu yutuqlarni, albatta, qoniqish bilan qayd etish kerak. Ayni paytda, yutuqlarni eʼtirof etarkan, koʻp yillardan beri…

Yangi quvvat manbai qayerda?

(OʻzAS gazetasi savollariga javob) 1. Kimdir adabiyotimiz yuksalish pallasida desa, kimdir buning aksini tasdiqlaydi. Sizningcha, qay biri haq va nega? 2. Hozirgi adabiy jarayondagi qaysi muammo sizni eng koʻp tashvishga soladi? Ushbu muammoni bartaraf etishning qanday samarali yoʻlini koʻrsata olasiz? 3. Keyingi paytda zamondosh adiblarimizdan kimlarning kitoblarini oʻqidingiz? Qaysi asar sizga maʼqul keldi-yu, qaysi asardan koʻnglingiz toʻlmadi? Buning sabablari nimada? Mazkur anketa…

Chaqmoqni tushuntirish zahmati

Sheʼr haqida yozishning ajib bir fayzi bor: oʻzini parvozda kabi his qilib, beixtiyor qiyosu tashbehlarga, majozlarga murojaat qila boshlaganini sezmay qoladi kishi. Shundanmi, sheʼr haqida yozilgan narsaning oʻzi ham sheʼr kabi oʻqilishi lozimdek, baʼzan hatto ilmiy uslub obyektni qashshoqlashtirib qoʻyayotgandek tuyulaveradi. Gohi kitob koʻrganingda shoirning besh-toʻrtta sheʼri koʻnglingga chippa yopishadi-da, shahdu shiddat bilan bir narsa qoralab tashlaysan. Soʻng, yozish asnosi toʻngib…

Oʻz vaqtida yozilgan asar

Gʻafur Gʻulomning 100 yilligi munosabati bilan eʼlon qilingan maqola va tadqiqotlar orasida Baxtiyor Nazarovning “Gʻafur Gʻulom olami” monografiyasi ilmiy salmogʻi bilan alohida oʻrin tutadi. Aytmoqchimanki, uning toʻyona asarlar sirasida emas, adabiyotshunosligimiz metodologiyasini belgilovchi asarlar qatorida koʻrilgani adolatli va ilmiy jihatdan toʻgʻriroq boʻladi. Oʻz-oʻzidan ravshanki, avval shunday xulosaga asos beradigan nuqtalarga toʻxtalish lozim. Eslaysiz, bir vaqtlar “oʻz vaqtida…

Adabiyot biz koʻnikkan tushunchadangina iborat emas (suhbat)

(Yozuvchi U.Hamdam bilan suhbat) Ulugʻbek Hamdam: Sir emas, keyingi qariyb yigirma-yigirma besh yil mobaynida davr tubdan oʻzgardi. Bu degani shuki, yangi davrga xos boʻlgan kayfiyat ham paydo boʻldi. Demak, istaymizmi-yoʻqmi, yangilangan kayfiyatni oʻz asarlarida aks ettiruvchi avlod ham voyaga yetgan boʻlishi kerak. Agar shunday boʻlsa, qani ular? Nega “manaman” deya koʻzga tashlanmayapti? Bu gapni yana shuning uchun aytayapmanki, davralarda koʻpincha 70-yillar avlodidan keyin bizda boshqa…

“Gipotetik usul” haqida mulohazalar

Soʻnggi yillarda XX asr oʻzbek adabiyotining yirik namoyandalari – Choʻlpon, Gʻ.Gʻulom, Oybek, A.Qahhor, H.Olimjon asarlarini yangicha talqin qilish yoʻlida tajriba oʻlaroq yozilgan maqolalarim bahslarga sabab boʻldi. Xususan, H.Olimjonning “Muqanna” dramasi haqida yozganim maqola1 oʻz vaqtida N.Karimov, Gʻ.Moʻminov kabi ustoz adabiyotshunoslarda jiddiy eʼtiroz qoʻzgʻagandi. Albatta, bahs hali tobida paytlar kimdir kaminani yoqlab, kim esa muxolif mavqeda turgani ham tabiiy. Biroq hozir muhimi…

Tanqidda xolislik boʻlishi shart

(Yozuvchi N.Jaloliddin savollariga javoblar) N.Jaloliddin: Mamlakatimizda kechayotgan bugungi adabiy jarayon haqidagi fikrlaringiz? Sizningcha, milliy adabiyotimiz oʻz salmogʻi va qamrovi jihatidan oldinga ketyaptimi yoki?.. D.Quronov: Nazarimda, bugungi adabiy jarayonning asosiy xususiyati – turfalik. Unda sayoz, oldi-qochdi voqealarga toʻliq yozmalardan tortib to jiddiy badiiy izlanishlar, topilmalarga boy asarlargacha bor. Bu – erkinlik mevasi. Zero, hammani, jumladan, ijod ahlini ham…

Adabiy jarayonda «Mom sindromi»

Ezopda bir masal bor: «Zevs hoʻkizni yaratdi, Prometey – odamni, Afina – uyni. Uchalovi kimning ijodi mukammalroq ekanligi masalasida bahslashib qolishdi-da, hakamlikka Momni taklif qilishdi. Ularning ijodini koʻrib, Momning gʻayirligi keldi va dedi: «Zevsning xatosi shuki, hoʻkizning koʻzlari shoxida emas – nimani va qayeriga suzayotganini bilolmaydi; Prometeyning xatosi shuki, odamning yuragi tashida emas, ichida ekan – uning yaxshi yo yomonligini birdan bilib boʻlmaydi; Afina uyni…

Portretdagi musavvir siyrati

Tanqidchilikdagi adabiy portret istilohi, toʻgʻrirogʻi, uning asosi tasviriy sanʼatdan oʻzlashgani barchaga maʼlum. Tasviriy sanʼatdagi portret kishining musavvir tasavvuridagi aksi – unda prototipning musavvirga ayon boʻlgan mohiyati oniy lahzadagi qiyofasida qotirib qoʻyilgan. Adabiy portret ham shunday, uni oʻqigan oʻquvchi yozuvchini shaxs, ijodkor sifatidagi asosiy chizgilari bilan yaxlit holda tasavvur etadi. Portretni tomosha qilish asnosi tanish qiyofada notanish chizgilarni koʻrgan…

Fikrning doyasi

Ota-bobolarimizdan meros bir hikmat bor: «Ilm istasang oqillar suhbatiga quloq tut...» *** Antik dunyoning Suqrot, Aflotun singari faylasuflari mavjudlikning murakkab muammolarini hal qilish uchun suhbat shaklini maʼqul koʻrganlari bejiz emas. Negaki, tafakkur mohiyatan «ichki suhbat», fikrlamoq – kishining oʻz vujudidagi yana bir «men»i bilan muloqotga kirishmogʻi. Fikrlayotgan odam oʻsha «men»ga nenidir anglatishga, uning eʼtirozlarini qondirishga, uni negadir ishontirishga intiladi... – shu…

Talabchanlik zarur ammo

Professor Sanjar Sodiq keyingi vaqtda matbuotda juda faol qatnashib, oʻzining keskin tanqidiy chiqishlari bilan jamoatchilik eʼtiborini tortib kelmoqda. Albatta, adabiy tanqiddagi printsipiallik, talabchanlik, murosasizlik – bari zarur narsalar. Biroq “printsipial munaqqid” degan “imij”ni hosil qilish uchun faqat kamchiliklar, salbiy jihatlarga urgʻu berish, ijobiy tomonlarni koʻrolmaslik nomaqbul yoʻldir. S.Sodiqning soʻnggi yillarda eʼlon qilingan O.Muxtor, U.Hamdam, H.Umurov asarlari…

Munaqqid ibratlari

Soʻnggi besh yil davomida A.Rasulovning “Tanqid, talqin, baholash”, “Badiiylik – bezavol yangilik”, “Betakror oʻzlik” nomli salmoqli kitoblari peshma-pesh adabiy jamoatchilikka taqdim etildi. Ular bilan tanisharkan, istiqlol barcha sohalarda boʻlgani kabi adabiy tanqidchilikda ham yangi sahifa ochganiga amin boʻladi kishi. Negaki, ulardan joy olgan maqolalarda gap joriy adabiy jarayon haqida ketadimi yo yaqin oʻtmish adabiy merosi haqidami, muayyan bir ijodkor faoliyati yoritiladimi yo…